Instagram akkauntingizni begona ko‘zlardan yashiramiz

  •   DiMaX
  •  1057
  •  04.05.2020 17:31

Instagram akkauntingizni begona ko‘zlardan yashiramiz

Yoshlar orasida ayniqsa ommalashgan Instagram – ochiq ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Lekin undagi rasm va lavhalaringizni o‘z folloverlaringizdan boshqalar ko‘ra olmaydigan qilib, ya’ni profilingizni yopiq qilib qo‘yish mumkin.

O‘QING: Karantin davrida bu ilovalar bir yarim baravarga ommalashdi!

Buning uchun esa quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  1. Ilovaning burchagidagi uchta chiziq shaklidagi belgicha orqali uning menyusini ochasiz.
  2. «Nastroyki» – «Konfidensialnost» – «Konfidensialnost akkaunta» bo‘limiga kirasiz.

  1. Shu yerdagi «Zakritiy akkaunt» pereklyuchatelini yoqib qo‘yasiz.

Endi sizning profilingizdagi kontent faqat sizning hozirgi obunachilaringizga ko‘rinadi. Yangi folloverlarni esa ular yuborgan so‘rovlarni tasdiqlash orqali o‘zingiz qo‘shasiz. Shunisi ham borki, Instagram’dagi bunday yopiq profillarni ham ko‘rish yo‘li topilgan va u bilan mana bu yerda tanishib olishingiz mumkin.

Shuningdek, TikTok ilovasidagi ajoyibotlar Instagram’ga ham qo‘shilgani, istalgan qurilmaga Instagram’dan surat va video ko‘chirib olishning eng oson yo‘li, Selena Gomesni ham ortda qoldirgan Instagram yulduzi, bu tarmoq sizdagi muhim fazilatni «o‘ldirishi» hamda u dunyoni qanchalik o‘zgartirgani haqidagi xabar va maqolalarimiz ham sizga ma’qul kelsa kerak.

O‘QING: Bu aktrisa akkaunt ochiboq Instagram’ni ishdan chiqardi va hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi!