iOS 14 proshivkasigacha yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxati chiqdi

  •   DiMaX
  •  2058
  •  20.05.2020 14:51

iOS 14 proshivkasigacha yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxati chiqdi

Apple joriy yilning 22 iyunida WWDC 2020 konferensiyasini, ilk bor bepul va onlayn formatda o‘tkazadi. O‘sha kuni korporatsiyaning turli gadjetlari uchun iOS 14, iPadOS 14, macOS 10.16 hamda watchOS 7 talqinlaridagi operatsion tizimlari taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Apple xodimi hali chiqmagan iOS 14 tizimli iPhone’ni ikki bitkoinga sotdi! (+«jonli» video)

Hali rasmiy taqdimotiga bir oydan oshiq vaqt qolgan bo‘lsa-da, iOS 14 operatsion tizimi keladigan iPhone’larning norasmiy ro‘yxati chiqdi. Xitoyning Trend Digital Station nashri yozishicha, 15 xil modeldagi iPhone hamda yettinchi avlod iPod Touch ushbu proshivkagacha yangilanadi:

  1. iPhone SE 2
  2. iPhone 11 Pro
  3. iPhone 11 Pro Max
  4. iPhone 11
  5. iPhone XS
  6. iPhone XS Max
  7. iPhone XR
  8. iPhone X
  9. iPhone 8
  10. iPhone 8 Plus
  11. iPhone 7
  12. iPhone 7 Plus
  13. iPhone 6s
  14. iPhone 6s Plus
  15. iPhone SE
  16. iPod Touch 7

Boshqacha qilib aytganda, iOS 13 proshivkasini qo‘llab-quvvatlovchi barcha qurilmalarga iOS 14 ham tarqatiladi.

Lekin bu – xitoylik insayderlardan olingan ma’lumot bo‘lib, unchalik ham ishonchli emas. iOS 14 talqinigacha yangilanuvchi devayslarni 22 iyun kuni Apple rasman e’lon qiladi.

O‘QING: «Jonli» video: iPhone’larga endi Android o‘rnatish mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!