iPhone 11 Pro’da suratga olingan ilk film Tim Kukni ham hayratga soldi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1867
  •  18.09.2019 12:32

iPhone 11 Pro’da suratga olingan ilk film Tim Kukni ham hayratga soldi! (+video)

Kupertinolik korporatsiya yaqinda iPhone 11, iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max smartfonlari taqdim etdi. Ulardan biri Geekbench’da rekord o‘rnatgani, AnTuTu testida asosiy xususiyatlari fosh bo‘lgani haqida ham xabarlar berganmiz.

O‘QING: Yangi taqdim etilgan iPhone 11’lar qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

Hali iPhone 11 Pro savdoga chiqmasidan turib, uning uch modulli kamerasi imkoniyatlarini namoyon etuvchi birinchi film internetga joylandi. Uni mashhur videograf Endi To aynan shu iPhone 11 Pro smartfonining o‘zidagi «Kamera» ilovasida suratga olgan. Montaj esa macOS tizimiga mo‘ljallangan Final Cut Pro X videoredaktorida amalga oshirilgan. Qisqa metrajli filmda tasvir aniqligi 4K formatida, chastotasi – soniyasiga 60 kadr!

To‘rt daqiqalik film muallifi Tokioga yo‘l olib, mazkur megapolis aholisining hayratlanarli hayoti, odatlarini ekranga ko‘chirgan. Keyinroq ushbu rolikni Apple rahbari Tim Kuk ham o‘zining Twitter-blogida ulashib, Tokio o‘zining eng sevimli shaharlaridan biri ekanini ta’kidlagan.

Bu yilgi ayfonlarning O‘zbekiston bozoriga qachon yetib kelishi noma’lum. Oldingi rusumlardagi iPhone’larni esa 5 650 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uzinternet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Barcha iPhone 11’larni eng zo‘r Android-flagmanlar bilan bitta jadvalda taqqoslaymiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!