iPhone 12 mini sotib olish uchun to‘rtta sabab

  •   DiMaX
  •  1947
  •  12.12.2020 16:45

iPhone 12 mini sotib olish uchun to‘rtta sabab

Apple korporatsiyasining bu yil kuzdagi smartfonlari orasida kutilmagan – nomida «mini» qo‘shimchali model paydo bo‘ldi. Biz shu kungacha iPhone 12 mini haqida bir qator ma’lumotlar, shu jumladan, smartfonning to‘liq texnik jihatlarini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: iPhone 12 mini: eng kichkina 5G-smartfonning katta nuqsoni topildi

Garchi kamchiliklardan xoli bo‘lmasa-da, iPhone 12 mini smartfonining o‘ziga yarasha ustunliklari ham mavjud. Quyida ushbu modeldan xarid qilishga asos bo‘la oluvchi to‘rtta sababni keltirib o‘tamiz.

  1. Haqiqatan ixcham smartfon

iPhone 12 mini modeli – bunchalik kichkina korpusli yagona flagman, shu bilan birga hozir dunyodagi eng ixcham 5G-smartfon hamdir. Aytish mumkinki, bu – smartfonlar tobora kattalashib borayotgan bugungi kunimizda Apple’ning dadil tajribasi hisoblanadi. Agar bu modeli bozorda muvaffaqiyat qozonsa, kupertinolik texnogigant keyingi yil uning davomchisini chiqarishi mumkin.

Umuman olganda, bu – eng ilg‘or protsessor va OLED-displeyga ega, shu bilan birga kaftga bemalol o‘rnashadigan yagona smartfondir.

O‘QING: iPhone 12 mini rekordini faqat hali chiqmagan Galaxy S21 sindirishi mumkin!

  1. O‘n ikkinchi avlod ayfonlarning eng arzoni

iPhone 12 turkumining eng ixcham vakili bo‘lishdan tashqari, iPhone 12 mini ularning eng arzoni hamdir. Uning narxi 699 AQSh dollaridan boshlanadi; to‘g‘ri, shu pulga biror xitoylik smartfonsozning kattaroq telefonini olish ham mumkin, lekin bunisi baribir ayfon-da!

  1. Kichkina korpusda katta ekran

iPhone 12 mini korpusi iPhone SE 2020 (yoki iPhone SE 2) modelinikidan kichkinaroq, lekin displeyi unikidan katta!

Diagonaliga 5,4 dyuymlik displeyda harf terish ham, filmlar tomosha qilish ham qulay.

  1. Kamerasi standart iPhone 12 flagmanidagi kabi

Ha, kupertinoliklar ixcham ayfonning kamerasi borasida ziqnalik qilishmagan. Uning barcha kameralari xuddi bazaviy – 6,1 dyuymlik iPhone 12 flagmanidagi kameralar bilan bir xil. Kunduzi ham, tunda ham, zo‘r suratga olishidan kelib chiqib, iPhone 12 mini modelini sayyoramizdagi eng zo‘r ixcham kamerofon, deyish mumkin.

O‘QING: iPhone 12’larning nurlanish darajasi e’lon qilindi – kutilmagan bittasi eng xavflisi ekan!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!