iPhone himoyasini buzing va million dollar sizniki!

  •   DiMaX
  •  1040
  •  21.12.2019 12:48

iPhone himoyasini buzing va million dollar sizniki!

Apple yozda o‘z servislari va qurilmalari himoyasida zaiflik topganlarga pul mukofotlari taqdim etishini aytgandi. Endi esa ushbu dastur haqidagi barcha ma’lumotlarni Apple Developer sahifasida e’lon qildi.

O‘QING: Xakerlar eng ko‘p qaysi smartfonlarni va ilovalarni «sevadilar»?

Unga ko‘ra, kiberxavfsizlik borasida bilim va tajribasi bo‘lgan istalgan kishi Apple servislari yoki gadjetlari muhofazasida biror nuqsonni aniqlab, uni buzib kira olsalar, tegishli hajmdagi rag‘batlantiruvchi pul mukofotini oladilar.

Eng kam miqdordagi mukofot puli yuz ming AQSh dollari miqdorida bo‘lib, uni olish uchun quyidagi uchta amaldan birini uddalash talab etiladi:

  • iCloud akkauntini buzib kirish;
  • blokirovka ekranidagi maxfiy ma’lumotni qo‘lga kiritish;
  • buyruqlar qatorini ishga tushiruvchi ilova yordamida maxfiy ma’lumotlarga kirish.

Bosh sovrin hajmi esa naq bir million dollar, ammo uni qo‘lga kiritish uchun masofadan turib murakkab xakerlik hujumini amalga oshirish talab etiladi.

Apple va’da qilgan mukofotga istalgan kishi da’vogar bo‘lishi mumkin, asosiysi – uning xatoligini topib, u haqda hammadan oldin xabar berishdir.

O‘QING: Milliy xavfsizlik agentligi vakili AQShning to‘rtta mamlakat xakerlaridan qo‘rqishini aytdi, bular...