iPhone va Android-smartfonlar uchun eng zo‘r brauzerlar («Roskachestvo» reytingi)

  •   DiMaX
  •  1113
  •  30.09.2020 15:55

iPhone va Android-smartfonlar uchun eng zo‘r brauzerlar («Roskachestvo» reytingi)

Rossiya Federatsiyasining sifat nazoratiga ixtisoslashgan «Roskachestvo» tashkiloti yaqinda dunyodagi eng zo‘r o‘nta smartfon reytingini chiqargan edi. Endi esa u ikkala ommabop mobil platformadagi brauzerlar tahlili natijalarini e’lon qildi.

O‘QING: Brauzerdagi inkognito rejimi nimasi bilan xavfli?

Mazkur reytingni tuzish uchun «Roskachestvo» mutaxassislari 24 xil mobil brauzerni jami 146 mezon bo‘yicha tekshirib ko‘rishgan. Tadqiqotchilar bunda mazkur ilovalarning funksiyalarini tekshirib ko‘rishgan, foydalanuvchilarning ularga yozgan taqrizlarini yig‘ib, baholashgan.

Jami ko‘rsatkichlar yig‘indisiga ko‘ra, Android opersion tizimi uchun eng yaxshi brauzerlar «Yandeks.Brauzer», Opera hamda Google Chrome bo‘lib chiqdi:

O‘QING: Chrome – eng «ochofat» brauzer, lekin siz uning «nafsini jilovlay» olasiz!

Buni qarangki, iOS platformasi uchun eng yaxshi bruzerlar reytingida kuchli uchlikka Google Chrome ham, Opera ham kirmagan. Bu operatsion tizimda ishlatish uchun eng zo‘rlari Safari, «Yandeks.Brauzer» va Firefox, deb topilgan.

Ko‘rib turganingizdek, har ikkala operatsion tizimdagi smartfonlar uchun tavsiya etiladigan brauzerlar uchligiga faqatgina «Yandeks.Brauzer» kirgan.

Bundan tashqari, «Roskachestvo» ekspertlari brauzerlarni ishlatishga qulayligi bo‘yicha ham baholashgan. Unga ko‘ra, Android «Yandeks.Brauzer», Samsung smartfonlarining o‘zidagi brauzer hamda Google Chrome qulay ekan. iPhone’larda esa internetga kirishda Safari, Brave hamda Google Chrome ilovalaridan foydalanish osonroq ekan.

Darvoqe, brauzerlardan birortasi ham axborot xavfsizligi bo‘yicha maksimal ball to‘play olmagan. Shu boisdan «Roskachestvo» mutaxssislari smartfonda antivirus ishlatishni tavsiya etishmoqda.

O‘QING: Maxfiylik bo‘yicha eng kuchli va eng yomon brauzerlar reytingi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.