iPhone’lar uchun Telegram’da endi chatlarni toifalarga saralash mumkin! (+video)

  •   DiMaX
  •  899
  •  11.03.2020 18:12

iPhone’lar uchun Telegram’da endi chatlarni toifalarga saralash mumkin! (+video)

Yaqindagina macOS tizimi uchun ishlab chiqilgan Telegram’ning barqaror versiyasiga chatlarni toifalar bo‘yicha saralash imkoni qo‘shilgan edi. Endi esa messenjerning iOS-kliyentida ham shunga o‘xshash funksiya joriy etildi, ammo hozircha faqat beta-talqinida.

O‘QING: Telegram’da yirik tozalash: O‘zbekistondagi 13 million obunachi yo‘q qilinib, kanallarga qizil tamg‘a urildi!

Ayfonlarga mo‘ljallangan Telegram’ning yangi beta-jamlanmasida kanallar va yozishmalarni mavzularga ko‘ra saralash mumkin. Tanlangan kanallarning postlari va kontaktlarning xabarlari varaqalarda aks ettiriladi. Varaqalarning biridan ikkinchisiga o‘tish uchun esa ekranni chapga yoki o‘ngga silash kifoya.

Chatlarni ma’lum bir turlariga ko‘ra (bitta kontakt bilan yozishmalar, guruhlar, kanallar yoki botlar) jildlarga avtomatik ajratish, shuningdek, keraklilarini ularga qo‘lda qo‘shish mumkin. Kastom filtrlar foydalanuvchining xohishiga ko‘ra arxivdagi, ovozsiz, o‘qilgan yoki boshqa istalgan chatlarni jilddan chiqarish imkonini beradi. Umuman, bitta papkaga saralashning bir nechta shartlarini joriy etish mumkin.

Jildlarni sozlash yoki yangisini yaratish uchun «Chati» belgichasini bosib, toki kontekst menyu chiqqunicha ushlab turish kerak. Unda siz mavjud papkalarni ko‘rasiz; yangi jildni qo‘shish ham shu yerning o‘zidan amalga oshiriladi.

Ushbu qulay funksiyalar Telegram’ning barqaror versiyasiga, shuningdek, boshqa platformalardagi ilovalariga qachon qo‘shilishi noma’lum. Messenjerning ayrim muqobil norasmiy ilovalarida (masalan – Plus Messenger’da) esa chatlarni toifalarga ajratib ko‘rsatish funksiyasi avvaldan bor.

O‘QING: Telegram-profilga QR-kod orqali tezkor kirish (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!