Istalgan qurilmaga Instagram’dan surat va video ko‘chirib olishning eng oson yo‘li

  •   DiMaX
  •  4146
  •  05.02.2020 16:15

Istalgan qurilmaga Instagram’dan surat va video ko‘chirib olishning eng oson yo‘li

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida hamisha rasmlar va qisqa lavhalar e’lon qilib turiladi. Lekin ushbu tarmoqdan surat yuklab olishni hamma ham bilavermasa kerak.

O‘QING: TikTok’ning endi keragi yo‘q – undagi ajoyibotlar Instagram’ga ham qo‘shildi! (+videolar)

Quyida buning eng oson yo‘lini ko‘rib chiqamiz – bunda o‘sha o‘zingiz bilan Telegram yordamga keladi.

Buning uchun Instagram’dagi kerakli post havolasini nusxalab olasiz va Telegram orqali o‘zingizga (Izbrannoye) jo‘natasiz. Shunda mazkur messenjer postdagi rasmni chiqarib oladi va keyin uni qurilmaning xotirasiga bemalol yuklab olaverasiz.

O‘QING: Instagram’dagi yopiq profillarni ham ko‘rish yo‘li topildi!

Agarda Instagram’dagi o‘sha postda bir nechta surat e’lon qilingan bo‘lsa, Telegram Desktop dasturi orqali ularning barchasini kompyuter yoki noutbukka saqlab olish mumkin bo‘ladi. Telegram mobil ilovasi esa postdagi faqat birinchi rasmni yuklab olish imkonini beradi.

Ammo bu masalaning ham yechimi bor: @Instatube_bot nomli maxsus bot sizga ko‘makdosh bo‘ladi. Instagram’dagi post havolasini Telegram orqali mazkur botga yuborsangiz, postdagi istalgan rasm tugul, video va boshqa tur mediafayllarni ham saqlb olish mumkin:

Xo‘sh, sinab ko‘rasizmi?

O‘QING: Bu aktrisa akkaunt ochiboq Instagram’ni ishdan chiqardi va hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!