«JONLI» VIDEO: «aldoqchi» Lenovo Z5’ning slayderli Pro-versiyasi tayyor!

  •   DiMaX
  •  702
  •  06.09.2018 09:48

«JONLI» VIDEO: «aldoqchi» Lenovo Z5’ning slayderli Pro-versiyasi tayyor!

Lenovo kompaniyasi katta shov-shuvlar bilan maqtanib, oxir-oqibatda barchani laqillatganicha, iPhone X’ning navbatdagi nusxasi bo‘lgan Lenovo Z5 smartfonini taqdim etgani esingizdadir? Xullas, ishlab chiqaruvchi uning «Pro» talqinini ham tayyorlabdi.

O‘QING: «Aldoqchi» Lenovo Z5 baribir rekord o‘rnatdi! Endi Mi 8 va Honor Play’ning ahvolini ko‘ring...

Lenovo Z5 Pro modelining form-faktori slayder ko‘rinishida, ammo sal o‘zgacharoq ham. Uning texnik xususiyatlari hozircha noma’lum, lekin kuni kecha internetda «jonli» videosi tarqaldi.

Kuzatuvchilarning fikricha, Lenovo Z5 Pro qurilmasi kompaniyaning flagman smartfoni bo‘lmaydi. Unga Snapdragon 660, Snapdragon 670 yoki Snapdragon 710 protsessori qo‘yilishi mumkin.

Darvoqe, old kamerasi slayder mexanizmi orqali ekranning orqasidan chiqadigan smartfonlar qatorida Oppo Find X hamda Xiaomi Mi Mix 3 devayslari ham bor.

O‘QING: MWC 2018’da rekord: eng antiqa dizaynli smartfonlar va boshqa gadjetlarni kim olib kelgan?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!