«JONLI» VIDEO: Redmi K30’ni ilk bor qadog‘idan olib ishlatib ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1360
  •  11.12.2019 09:22

«JONLI» VIDEO: Redmi K30’ni ilk bor qadog‘idan olib ishlatib ko‘ramiz!

Kechagina taqdim etilgan Redmi K30 rusumli 5G-flagman hamda uning 4G-versiyasi jahon ahlining e’tiborida turibdi. Internetda uning sifatli olingan birinchi «jonli» suratlari tarqalgan.

O‘QING: Redmi K30’ning chirangani AnTuTu testigacha ekan! (+«jonli» suratlar)

Jumladan, namoyish kunining o‘zidayoq Redmi K30 smartfonini qadog‘idan olib, ishlatib ko‘rsatishdi. Jamlanmasida 27 vattlik quvvatlash uskunasi mavjudligiga qaraganda, bu – qurilmaning 4G-versiyasidir. Uning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlaydigan versiyasi esa boshqa protsessorga hamda 30 vattlik quvvatlash texnologiyasiga ega, shuningdek, kamerasining ikkinchi moduli kuchliroq.

Mana, Redmi K30 4G smartfonining qadog‘iga, jamlanmadagi aksessuarlariga va o‘ziga yaxshilab razm solamiz:

Smartfonning o‘zi MIUI 11.0.2 grafik qobig‘i ostida ishlayapti, lekin uning aynan qaysi Android versiyasi ustiga qurilgani noma’lum.

5G-versiyadagi Redmi K30 smartfonining boshlang‘ich – 6/64 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega varianti atigi 285 dollarga narxlangan; eng qimmati – 8/256 gigabaytligi 410 dollar turadi. 4G-versiyadagi Redmi K30 esa yanada arzon – 6/64 gigabaytligi bor-yo‘g‘i 225 dollar, 8/256 gigabaytligi esa 310 dollar.

O‘QING: Ikkita narx toifasidagi eng kuchli smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2019 yil noyabr)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.