«Katta iblis»ning global talqini – Xiaomi Mi 9T ilk «jonli» suratlarda!

  •   DiMaX
  •  1442
  •  01.06.2019 10:03

«Katta iblis»ning global talqini – Xiaomi Mi 9T ilk «jonli» suratlarda!

Xiaomi kompaniyasi yaqindagina eng kuchli Snapdragon 855 protsessori bazasidagi eng arzon smartfon – Redmi K20 Pro hamda uning Snapdragon 730 chipli versiyasi – Redmi K20 modellarini taqdim etdi. Endi esa ularning jahon bozoriga chiqishi masalasi barchani qiziqtirmoqda.

O‘QING: Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlari global bozorga boshqa nomlar bilan chiqadi (+suratlar)

Asosiy datchigi 48 megapiksellik uch modulli bosh kameraga hamda korpusning ichidan chiquvchi selfi-kameraga ega smartfonning global bozorga chiqadigan versiyasi nomi borasida turli variantlar aytilgan edi. Endi esa SalimBaba nikli insayder bunga aniqlik kirituvchi «jonli» rasmlarni Facebook ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

Shunday qilib, Redmi K20 smartfonlarining yaqin orada taqdim etiladigan global versiyasi Xiaomi Mi 9T deb nomlanmoqda:

Smartfonning ekraniga yopishtirilgan himoya plyonkasida uning asosiy texnik xususiyatlari aks ettirilgan. Biroq smartfonning o‘zi ham, yonidagi qutida ham uning faqat old yuzasi aks etgan, ya’ni orqa paneli qanaqa ekani hozircha noma’lum.

O‘QING: Xiaomi yana bitta smartfon taqdim etyapti: orqasidan – Mi 9, oldidan – Redmi K20!

Ushbu gadjetning qadog‘i aks etgan yana bir «jonli» surat esa Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqatilgan. Qutida ushbu smartfonning rangi «ko‘mirsimon qora» – Carbon Black deb ko‘rsatilgan, Redmi K20 esa ko‘k va qizil ranglarda taqdim etilgan edi:

Demak, Xiaomi Mi 9T korpusi ranglariga ko‘ra ham xitoycha flagmandan farq qiladi.

O‘QING: Redmi K20 Pro: «katta iblis» Geekbench’da ham o‘z kuchini ko‘rsatdi!

Qutining pastki tomonidagi yozuvlar Xiaomi Mi 9T asosiy xususiyatlarini tasdiqlamoqda. Ya’ni, uning daktiloskopi diagonaliga 6,39 dyuymlik, Full HD+ formatidagi AMOLED-displeyga o‘rnatilgan. Akkumulyatori 4000 mA/soatlik bo‘lib, tezkor quvvatlana oladi:

Bulardan tashqari, Xiaomi Mi 9T texnik ta’minoti ham Redmi K20 bilan aynan bir xil – Qualcomm Snapdragon 730 protsessori, 6/64 GBlik tezkor/ichki xotira. Demak, uning Snapdragon 855 chipli Xiaomi Mi 9T Pro versiyasi ham bo‘ladi.

Darvoqe, insayderlar Redmi K20 flagmanlarining Hindistonda boshqacharoq – Pocophone F2 hamda Pocophone F2 Pro modellari sifatida taqdim etilishini ham aytishmoqda.

O‘QING: Xiaomi arzon Redmi 7A smartfonini rasman namoyish etdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.