Kunlik va oylik maxsus internet-to‘plamlar chiqdi!

  •   DiMaX
  •  3200
  •  10.10.2020 07:00

Kunlik va oylik maxsus internet-to‘plamlar chiqdi!

Beeline mobil aloqa operatori yaqindagina bitta ommabop tarifini va cheksiz internetli to‘plamlarini bekor qilgan edi. Endi esa u yangi – «4G Kun» hamda «4G Oy» nomli 4G-to‘plamlarni joriy etdi.

O‘QING: Pulingiz qaytarib ham beriladigan «Kunlik» tarif rejasini qarshi oling!

Bilayn abonentlari o‘z xohishlariga ko‘ra bir kunlik yoki bir oylik 4G-to‘plamni ulatishlari mumkin.

«4G Kun» hamda «4G Oy» internet-to‘plamlari bo‘yicha taqdim etiladigan megabaytlarni Wi-Fi tarmog‘i orqali tarqatish imkoni mavjud.

O‘QING: Kompyuteringizdan ortiqcha dasturlarsiz Wi-Fi tarqatishni bilasizmi?

4G-to‘plamlarning asosiy ustunligi – 4G tarmog‘ining tezligi va manfaatli narxdagi internetdir, deyiladi operator xabarida.

Mazkur internet-to‘plamlar avtomatik tarzda uzaytirilmaydi – amal qilish muddati tugagach, to‘plamni qaytadan ulatish kerak bo‘ladi.

«4G Kun» hamda «4G Oy» to‘plamlaridan foydalanishning shartlari haqida mana bu havola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

O‘QING: Arzonlashtirilgan internet to‘plamlar bilan hamyonbop narxda internetdan foydalaning!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!