Lenovo’ning ishlayotgan holdagi buklama smartfonini «jonli» videoda ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  673
  •  27.09.2018 09:49

Lenovo’ning ishlayotgan holdagi buklama smartfonini «jonli» videoda ko‘ring!

Qayishqoq ekranli buklanuvchan telefon yaratish borasida bir qator smartfonsozlar harakat qilayotganidan xabaringiz bor. Lenovo kompaniyasi ham allaqachon shunday qurilma tayyorlagan.

O‘QING: EKSKLYuZIV: Ishlayotgan holdagi haqiqiy buklama smartfon ilk «jonli» videoda!

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Lenovo kompaniyasining buklanuvchi smartfoni prototipi aks etgan video tarqaldi. Afsuski, bu devaysning qayerda, qaysi tadbirda namoyish etilganligi, shuningdek, texnik jihatlari xususida ma’lumot yo‘q.

Ko‘rib turganingizdek, gadjet «orqasiga» qayrilib buklangan holida ham bemalol ishlayapti – uni ekrani orqali boshqarishyapti. Ammo bu hozircha prototip bo‘lib, uning to‘laqonli smartfon holida rasman taqdim etilish vaqti hozircha noma’lum.

Ayni damda buklama smartfonni yaratish ustida SamsungHuawei, Motorola, LG va Apple ham ishlamoqda.

O‘QING: Ishonasizmi? Huawei’ning «egiluvchan» smartfoni 5G modulida ishlaydi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!