Lenovo tarixdagi eng qudratli protsessorga ega ilk 5G-noutbukni tayyorladi!

  •   DiMaX
  •  794
  •  27.05.2019 13:52

Lenovo tarixdagi eng qudratli protsessorga ega ilk 5G-noutbukni tayyorladi!

O‘tgan yilning dekabrida Qualcomm kompaniyasi 7 nanometrlik texnologiya asosida Snapdragon 8cx protsessorini tayyorlaganini e’lon qilgandi. Oradan bir necha oy o‘tib, Qualcomm Snapdragon 8cx 5G chipi rasman taqdim etildi.

O‘QING: «Yomon havo». 5G bizni 80-yillarga qaytarib tashlaydi(mi?)

Nomidan ham payqaganingizdek, bu – o‘sha o‘tgan yil so‘ngidagi chipning 5G modem bilan to‘ldirilgan variantidir. Va nihoyat, kuni kecha Snapdragon 8cx 5G protsessori bazasida ishlovchi ilk qurilma ham e’lon qilindi.

Shunday qilib, Qualcomm kompaniyasi Snapdragon 8cx 5G taqdimotida ma’lum qilishicha, ushbu 5G-protsessor ilk bor Lenovo kompaniyasining Windows 10 tizimli noutbukida qo‘llanadi.

O‘QING: Qualcomm tarixdagi eng qudratli protsessorini taqdim etdi, lekin u smartfonlar uchun emas!

Ta’kidlash kerakki, Snapdragon 8cx 5G platformasi internetga uzluksiz ulanishda (Always connected PC) bo‘ladigan noutbuklarga mo‘ljallangan. Uning jamlanmasiga kirgan Snapdragon X55 modemi soniyasiga 7 gigabitgacha tezlikda ma’lumot almasha oladi. Shuningdek, platforma tarkibidagi Adreno 680 grafik tezlatgichi Snapdragon 850 modeliga nisbatan ikki karra katta grafik qudratga va 60 foiz tejamkorlikka ega. Snapdragon 8cx 5G chipsetiga kirgan Kryo 495 protsessori esa Intel Core protsessorlariga qaraganda ikki karra yuksak samaradorlikka ega.

Yuqoridagi tizerga ko‘ra, bu premial noutbuk bo‘ladi, demak – narxi 1000 dollardan past bo‘lmasligi aniq. Lenovo ushbu gadjetini bir necha kundan keyin ochiladigan Computex 2019 ko‘rgazmasida rasman namoyish etadi.

Shu va boshqa ishlab chiqaruvchilarning ayrim noutbuklarini esa 2 119 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Dunyodagi eng xavfli noutbuk auksionga qo‘yildi: boshlang‘ich narxi million dollardan oshiq!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!