LG atigi 150 dollarga uchtalik kamerali, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon chiqardi! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  3406
  •  07.05.2020 13:15

LG atigi 150 dollarga uchtalik kamerali, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon chiqardi! (+«jonli» video)

Janubiy Koreyaning ushbu kompaniyasi mustahkam muhofazalangan LG K51 smartfonini taqdim etdi. LG UX grafik qobig‘i ostidagi Android 9.0 Pie operatsion tizimli bu qurilma AQSh hududida atigi 150 dollardan sotiladi.

O‘QING: LG haqida 5 fakt

LG K51 smartfoni MIL-STD-810G harbiy standartiga ko‘ra sertifikatlangan, ya’ni uning korpusi nafaqat suv va changdan, balki zarbalardan ham himoyalangan. Uning akkumulyatori 4000 mA/soatlik bo‘lib, zamonaviy USB Type-C porti orqali quvvatlanadi.

Smartfonning ekrani diagonaliga 6,5 dyuymlik o‘lchamga ega. Tasvir aniqligi 1560x720 piksellik displeyning tomchisimon kemtigiga 8 megapiksellik selfi-modul joylangan.

LG K51 bosh kamerasi esa fotochaqnoq bilan birga gorizontal blokka olingan uchta datchikdan iborat. Asosiy sensor 13 MPlik (f/1.8), ikkinchisi 5 MPlik (keng burchakli optika, f/2.2) va so‘nggisi – 2 MPlik chuqurlik datchigi (f/2.4).

Orqa panelga barmoq izi skaneridan tashqari stereodinamiklar ham joylangan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, ular tiniq va hajmdor ovoz yangratish xususiyatiga ega.

O‘QING: DxOMark’ning yangicha reytingi: ovozi eng zo‘r smartfonlar!

«O‘ldirib bo‘lmas» LG K51 smartfonining qadog‘i ochib ishlatib ko‘rsatilgan «jonli» videosini tomosha qilamiz:

«Ichki dunyosi»ga keladigan bo‘lsak, LG K51 maksimal 2,0 GGs takt chastotasida ishlovchi MediaTek Helio P22 protsessori bazasiga qurilgan. Uning tezkor xotirasi 3, doimiysi esa 32 gigabaytlik hajmga ega. Bulardan tashqari, unda naq 2 terabaytgacha hajmli microSD-karta uchun slot ham mavjud.

O‘QING: Birinchi «o‘ldirib bo‘lmas» 5G-smartfon eng kuchli protsessorga ham ega!