Loviyasimon simsiz quloqchin – Galaxy Buds Live ikkita promo-rolikda

  •   DiMaX
  •  512
  •  18.07.2020 16:18

Loviyasimon simsiz quloqchin – Galaxy Buds Live ikkita promo-rolikda

Samsung kompaniyasi yangi fabletlardan tashqari, Galaxy Buds Live (yoki Galaxy Buds X) nomli loviyasimon butkul simsiz quloqchinini ham tayyorlagan. Ba’zi xabarlarda uning Galaxy Watch 3 smart-soati bilan shu oydayoq taqdim etilishini aytilgandi, lekin unaqa bo‘lmaydi, shekilli.

O‘QING: Galaxy Note 20 va boshqa gadjetlar taqdimot sanasini Samsung rasman e’lon qildi! (+video)

Internetda butkul simsiz Samsung Galaxy Buds Live quloqchinining bir nechta reklama suratlari, hatto videolarigacha tarqalib ketdi. Shulardan birini WalkingCat nikli foydalanuvchi e’lon qilgan. Videolavhada quloqchinni quvvatlovchi g‘iloqi bilan birga, Mystic Bronze, Black va White ranglarida ko‘rsatishgan:

Yuqoridagi rolikda «Shovqinni o‘tkazmang. Ovozni qo‘yib yuboring» ma’nosidagi yozuv mavjud. Bu esa quloqchinning faol shovqin to‘sish funksiyasiga ishora qilayotir.

O‘QING: Original AirPods'ni soxtasidan qanday farqlash mumkin?

Yana bitta videoni esa Samsung o‘zining rasmiy sahifasida e’lon qilgan; bu – 5 avgustda bo‘lib o‘tadigan Galaxy Unpacked onlayn namoyishiga taklifnomadir. Ayni o‘sha tadbirda Galaxy Buds Live’dan tashqari Galaxy Note 20 turkumidagi fabletlar hamda Galaxy Fold 2 buklamafoni ham ko‘rsatiladi.

Lekin janubiy koreyaliklar bu rolikda aynan simsiz quloqchinga ishora qilishmoqda:

Mazkur lavhada: «Tovushning yangi kuchini sinab ko‘ring» yozuvi mavjud, lekin Samsung buning aynan Galaxy Buds Live ekanini aniq aytmayapti.

Darvoqe, mish-mishlarga qaraganda, bu butkul simsiz quloqchin narxi 150 AQSh dollaridan pastroq bo‘ladi.

O‘QING: Internet orqali AirPods buyurtma qilgan qizga o‘z boshi kattaligidagi quloqchin yetib keldi!