MacBook Air’ning arzon «kushanda»sini bor bo‘yi bilan ko‘rsatishdi

  •   DiMaX
  •  1019
  •  07.12.2019 13:17

MacBook Air’ning arzon «kushanda»sini bor bo‘yi bilan ko‘rsatishdi

Xiaomi korporatsiyasi 10 dekabrda Redmi K30 flagmanini hamda uning 4G-versiyasini taqdim etishi ma’lum. Bu tadbirda yana Redmi brendining ilk smart-kolonkasi hamda routeri ko‘rsatilishi, shuningdek, Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarining ham namoyish qilinishi kutilmoqda.

O‘QING: Redmi K30 – hali eng zo‘ri emas: uning Pro-versiyasi Snapdragon 865 bilan chiqadi!

Bulardan tashqari, shu kuni RedmiBook 13 noutbuki ham ko‘rsatiladi va u MacBook Air’ning potensial raqibidir. Unda takomillashtirilgan sovitish tizimi, Intel Core i7 protsessori hamda Nvidia GeForce MX250 diskret videokartasi qo‘llanmoqda.

Kompaniya ushbu laptopining bir necha tizerlarini tarqatmoqda, shulardan birida uni butunicha ko‘rsatishgan:

Bu yerda noutbukning dizayni 16 dyuymlik MacBook Pro bilan o‘xshashligi namoyish etilgan, ammo o‘lchamlariga ko‘ra u MacBook Air bilan raqobatlashadi. Yonidagi Redmi K30 smartfoni esa RedmiBook 13 modelidagi muhim funksiya – qurilmalar orasida fayllarni bir zumda uzatish imkoniyati mavjudligiga ishoradir.

O‘QING: Apple quvvati bir oyga yetuvchi «dunyodagi eng zo‘r professional noutbuk»ni taqdim etdi!

Ikkinchi suratga qaraganda, RedmiBook 13 metall korpusli, ammo yengil chiqqan: uni uchta barmoq bilan ham ushlab turish mumkin:

Mazkur devayslarning xususiyatlari bilan 10 dekabrdagi taqdimotdan so‘ng batafsil tanishish mumkin bo‘ladi. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 2 535 000 so‘mdan boshlanuvchi turli noutbuklarni sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Aldanib qolmang: noutbukni ochmasdan batareyasini tekshirish usullari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!