Martda chiqadigan iPhone 9 (yoki iPhone SE 2) qoyilmaqom reklama roligida!

  •   DiMaX
  •  3005
  •  05.02.2020 14:31

Martda chiqadigan iPhone 9 (yoki iPhone SE 2) qoyilmaqom reklama roligida!

Dunyo bo‘ylab ko‘plar kutayotgan iPhone SE 2 smartfonini kupertinolik korporatsiya iPhone 9 nomi bilan chiqaradi. Taniqli insayder @Onleaks hamda iGeeksBlog nashri avvalroq uni render videosida batafsil ko‘rsatishgan ham.

O‘QING: iPhone SE 2’ni kutyapsizmi? Xushxabarni qarshi oling!

Mauro Battino (Mauro Battino) ismli dizayner ham shu paytgacha sizib chiqqan ma’lumotlar asosida ushbu ayfon promo-roligini tayyorladi. iPhone 9 bu videoda Jet Black, White va Red rangli korpuslarda ko‘rsatilgan.

Mazkur norasmiy reklama roligi dastlab Weibo ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘lgan, sal vaqt o‘tib uni YouTube videoxostingida ham e’lon qilishgan:

So‘nggi xabarlarga qaraganda, iPhone 9 allaqachon ommaviy ishlab chiqarishga joriy etilgan. Apple bu smartfonini mart oyida rasman namoyish etishi kutilmoqda. Faqat bir jiddiy xavf uning ishlab chiqarilishini va taqdimot sanasini kechiktirishi mumkin...

O‘QING: Bojxonada million dollarlik kontrabanda ayfon va boshqa Apple mahsulotlari musodara etildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!