Mask, Geyts, Bezos kabilarning Twitter-akkauntlarini buzib, $100.000 o‘margan 17 yashar «Ahmadboy» uch yilga qamaldi

  •   DiMaX
  •  979
  •  18.03.2021 13:23

Mask, Geyts, Bezos kabilarning Twitter-akkauntlarini buzib, $100.000 o‘margan 17 yashar «Ahmadboy» uch yilga qamaldi

Esingizda bo‘lsa kerak, biz noma’lum xakerlar Twitter ijtimoiy tarmog‘ining muhofazasini buzib kirishgani haqida yozgandik. O‘shanda u mashhur shaxslarning akkauntlari orqali kishilardan «ikki baravar qilib qaytarish sharti bilan» bitkoin so‘ragan va ancha-muncha to‘plagan ham. Keyinchalik...

O‘QING: «Amerikalik Ahmadboy» hibsga olindi – u 17 yashar o‘smir ekan!

2020 yilning 16 iyulga o‘tar kechasi xakerlik hujumi paytida Ilon Mask, Bill Geyts, Jeff Bezos, Jo Bayden, Barak Obama va Kim Kardashianning akkauntlari buzib kirilgan, ularning nomidan bitkoin xayr-ehsonlari to‘g‘risidagi da’vatlar Twitter’ga joylashtirilgan edi. Hujum natijasida Grem Ivan Klark ismli o‘smir 100 ming dollarlik bitkoinni o‘zining kriptohamyoniga o‘tkazib olgan.

 Shu yigitcha hozirgacha (229 kundan beri!) uy qamog‘ida saqlanib kelayotgan edi. So‘nggi xabarlarga qaraganda, uning sudi bo‘lib o‘tgan va uch yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarga tayanib Bi-bi-si jurnalisti Jo Taydining xabar berishicha, xakerlar telefon qo‘ng‘irog‘i orqali Twitter xodimlarini yo‘ldan ozdirgan. Fishka deb ataladigan texnikadan foydalangan holda, Internet-firibgarlar maxfiy suhbat davomida kompaniya xodimlarining hushyorligini pasaytiradi va ulardagi muhim ma’lumotlarni qo‘lga kiritadi, bu ularga operatsion tizimga kirishga imkon bergan.

O‘QING: Xakerlar qamoqxona kameralariga kirib, mahbuslar hayotini YouTube’da ko‘rsatishdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.