Megabaytlaringiz endi kuyib ketmaydi – Ucell ularni qaytarib beradi!

  •   DiMaX
  •  3270
  •  08.05.2020 15:13

Megabaytlaringiz endi kuyib ketmaydi – Ucell ularni qaytarib beradi!

Ucell uyali aloqa operatori yaqinda abonent to‘lovisiz tarifiga o‘tish imkonini va unda bepul to‘plamlarni taqdim etgan edi. Shuningdek, u Ramazon oyi uchun yangi xizmatlar ham taklif etmoqda.

O‘QING: Ucell yana yettita saytga kirishni naq 1 iyungacha bepul qildi

Bugun, ya’ni 8 may kuni Ucell yangi – «Megabaytlar qaytadi» aksiyasini e’lon qildi.

Oylik internet to‘plamlar doirasida trafik muddati tugab, megabaytlar kuyib ketdimi? Bu fojia emas! Ucell’ning betakror «Megabaytlar qaytadi» aksiyasi bilan ularni qayta tiklang.

«Megabaytlar qaytadi» aksiyasidan foydalanish uchun, trafik muddati tugaganidan keyingi 7 kun mobaynida *575# ni tersangiz kifoya – trafik qayta tiklanadi.

Aksiya joriy yilning 15 iyul sanasigacha amal qiladi. Uning boshqa shartlari bilan tanishish uchun mana bu havola orqali Ucell saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Operator bilan tezkor bog‘lanish sirlarini bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.