Meizu Note 9 ham Redmi Note 7’ga qarshi maydonga tushmoqda!

  •   DiMaX
  •  1741
  •  15.01.2019 11:29

Meizu Note 9 ham Redmi Note 7’ga qarshi maydonga tushmoqda!

Xiaomi kompaniyasi mustaqil brend sifatida ajratilgan hamyonbop smartfonlar turkumidagi ilk modeli – Redmi Note 7’ni taqdim etdi va uni bugun sotuvga chiqarmoqda. Boshqa smartfonsozlar ham ayni shu qurilmaga raqib bo‘luvchi smartfon yaratishga kirishib ketishdi.

O‘QING: Redmi Note 7 raqibi – Realme 3 ham 48 megapiksellik kameraga ega bo‘lyapti!

Meizu kompaniyasi ham taxminan shunday xususiyatlarga ega Meizu Note 9 smartfonini tayyorlamoqda va fevralda tuqdim etmoqchi. Uning asosiy xususiyatlarini kompaniya ijrochi direktori Jek Vong (Jack Wong) tasdiqlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Meizu Note 9 diagonaliga 6,3 dyuymlik ekranga ega va uning tepa qismida tomchisimon «o‘yiq» bor. Smartfon qadoqdanoq Android operatsion tizimining eng so‘nggi – 9.0 Pie talqini bazasida tayyorlangan Flyme proshivkasiga ega.

Meizu Note 9 yakka kristalli Snapdragon 675 protsessori bazasiga qurilgan bo‘lib, 48 megapiksellik qo‘shaloq kamera hamda 4000 mA/soatlik akkumulyator bilan ta’minlangan. Bu smartfonning daktiloskopik datchigi joylashuvi bo‘yicha ikkita taxmin bor: mazkur datchik korpusning yon qirrasiga yoki orqa panelning o‘rtasiga o‘rnatilishi mumkin.

Ko‘rib turganingizdek, Meizu Note 9 texnik xususiyatlariga ko‘ra ushbu kompaniyaning asosiy raqibi – «xitoycha Apple» taqdim etgan Redmi Note 7 modeliga juda o‘xshash. Faqat narxi va mustahkamligi borasida ham u bilan bellasha oladimi-yo‘qmi – buni hali birgalikda ko‘ramiz, bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: KUTILMAGAN VIDEO: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7’ni suv tubida ham ishlatib ko‘rsatishdi – «joni toshdan» ekan!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.