Mi 9 arzonlashdi, chunki «to‘rtko‘z» 5G-flagman – Mi 9 Pro chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  4276
  •  04.05.2019 11:58

Mi 9 arzonlashdi, chunki «to‘rtko‘z» 5G-flagman – Mi 9 Pro chiqyapti!

Xiaomi korporatsiyasi kuni kecha Mi 9 smartfonining narxini rasman pasaytira boshlagan. Masalan, Jingdong onlayn do‘konida 8/128 GB xotirali flagman narxi 490 dollardan 475 dollarga tushirilgan.

O‘QING: Xiaomi o‘z smartfonlariga o‘ta foydali funksiyani qaytaryapti

Xitoylik insayderlar esa buning sababini ma’lum qilishdi: Xiaomi allaqachon uning yanada takomillashtirilgan versiyasi – Mi 9 Pro flagmanini tayyorlamoqda.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, Xiaomi o‘z flagmanining premial versiyasi – Mi 9 Transparent Edition’ni ham taqdim etgan. U orqa panelining dizayni, tezkor xotira hajmi kattaligi va uch modulli kamerasining biroz yaxshilanganligi bilan oddiy Mi 9 flagmanidan farq qiladi.

Xiaomi Mi 9 Pro esa butunlay boshqa – yangi model bo‘lib, uning bosh kamerasi to‘rtta sensordan iborat: u 28, 12 va 8 megapiksellik optik datchiklardan tashqari uch o‘lchamli ToF-modulini ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, mazkur smartfon Snapdragon 855 protsessori hamda 5G-modemga, 8 yoki 12 GBlik tezkor va 256 yoxud 512 GBlik ichki xotiraga, 2K-ekranga joriy etilgan barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi.

O‘QING: OLED-ekranli barcha Xiaomi smartfonlari egalariga xushxabar bor!

Hali Mi 9 namoyishidan ham avval kompaniya top-menejerlaridan biri ijtimoiy tarmoqlarda bitta tizer rasmni e’lon qilgan va unda to‘rttalik kameraga ega smartfon aks etgan edi. O‘shanda Xiaomi xodimi buning Mi 9 Explorer Edition modeli ekanini aytgandi.

Shu paytgacha Xiaomi Mi 9 Explorer Edition rusumli smartfon namoyish qilinmaganiga qaraganda, «xitoycha Apple» uni endi Xiaomi Mi 9 Pro nomi ostida taqdim etmoqchi.

Xabarlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 9 Pro shu yilning iyunida – keyingi oydayoq rasman taqdim qilinadi. Ushbu ishlab chiqaruvchi joriy oyda eng ilg‘or Snapdragon 855 protsessoriga ega eng arzon Redmi 855 modelini taqdim etishi va u samaradorlikda hatto Mi 9 (sotib olish) flagmanidan ham ustun kelishi kutilmoqda. Ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa allaqachon 585 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Arzonlashtirilgan flagman – Mi 9 SE ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining pasaygan narxlari bilan tanishing! (2019 yil 29 aprel)