Microsoft siyosiy sabab bilan Windows 7 foydalanuvchilariga bir qulaylik taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1164
  •  23.09.2019 12:50

Microsoft siyosiy sabab bilan Windows 7 foydalanuvchilariga bir qulaylik taqdim etdi

Aksariyat foydalanuvchilarning eski talqindagi Windows operatsion tizimida qolayotgani Microsoft korporatsiyasiga yoqmayapti. Kompaniya hatto kishilarni yangi Windows’ga o‘tishga majburlashning antiqa yo‘lini qo‘llashga o‘tgan.

O‘QING: Windows 7 hamda Windows XP’da jiddiy xavf bor – tezda yangilab oling!

Microsoft avvalroq Windows 7 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashni 2020 yil 14 yanvargacha tugatish hamda uning uchun pulli yangilanishni joriy etish rejasini e’lon qilgandi. Biroq korporatsiya endi qarorini o‘zgartirdi – u mazkur tizim foydalanuvchilari uchun bepul tarzda xavfsizlik yangilanishlarini taqdim etaveradigan bo‘ldi.

Bunga sabab esa 2020 yilning 3 noyabriga belgilangan AQSh prezidenti saylovi bo‘lib chiqdi. O‘sha kuni, agarda Donald Tramp ikkinchi muddatga saylanmasa, mamlakatning 46-prezidenti saylanadi.

Aniqlanishicha, mamlakatda saylovlarni o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab tashkilotlar haliyam Windows 7 va hatto undan ham avvalgi talqinlardagi operatsion tizimlardan foydalanishar ekan. Saylovlarda xakerlarning aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Microsoft ushbu tizimni bepul qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning ellikta shtatidagi saylovga Rossiya xakerlari aralashganligi haqida xabar e’lon qilganmiz. Shuningdek, Milliy xavfsizlik agentligi vakili AQShning to‘rtta mamlakat xakerlaridan qo‘rqishini ham aytgan.

O‘QING: Windows 10’ga qarshi Windows 7: qay biri xavfsizroq?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!