MIUI 10 proshivkasida Xiaomi’ning yangi smartfoni eskizlari topildi! (+«jonli» surat)

  •   DiMaX
  •  2554
  •  28.07.2018 18:22

MIUI 10 proshivkasida Xiaomi’ning yangi smartfoni eskizlari topildi! (+«jonli» surat)

Xiaomi kompaniyasi o‘z mobil qurilmalari uchun MIUI 10 grafik qobig‘ini sinovdan o‘tkazayotganini bilasiz. Dasturchilar ushbu proshivkani tekshirib ko‘rib, ichidan hali taqdim etilmagan Mi Mix 3 modelining chizmalarini topishdi.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 3 – haqiqiy romsiz flagman sirlari oshkor bo‘ldi

Xabaringiz bor – Mi Mix 3 flagmani shu yilning sentyabrida rasman namoyish etilishi kerak. Uning MIUI 10’dagi eskizlarini esa quyida ko‘rishingiz mumkin.

Mazkur chizmalarning Mi Mix 3 smartfoniga aloqadorligini tasdiqlovchi qiziq fakt: Xiaomi tez orada ushbu eskizlarni o‘z operatsion tizimidan olib tashlagan.

O‘QING: Xiaomi’ning eng romsiz smartfoni videoda: Vivo NEX innovatsiyalariga ega!

Chizmalarda va shu paytgacha chiqqan suratlarda ko‘ramizki, uchinchi avlod Mi Mix flagmani old yuzasida selfi-kamera mavjud emas. Bu esa mazkur smartfonda, xuddi Vivo Nex modelidagi singari, korpus ichidan – yuqori qirrasidan chiquvchi old kamera bo‘lishiga ishoradir.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 3 yangi suratda: romsiz ekran, shisha korpus va USB Type-C porti!

Shuningdek, ushbu chizmalardagi devays yaqindagina insayderlar tarqatgan – Mi Mix 3’ning «jonli» surati, deya taxmin qilinayotgan rasmdagi qurilmaga judayam o‘xshash:

Faqat chizmalarda ko‘zga tashlanib turgan qurilma korpusining chap qirrasida yana bitta tugmacha bor, so‘nggi suratda aks ettirilgan smartfonda esa u yo‘q. Mi Mix 3’ning hali bugungina tarqalgan yana boshqa «jonli» suratlarida ham ushbu tugmacha borligi ko‘rinib turibdi.

O‘QING: Mi Mix 3 yangi «jonli» suratlarda: sirli yangi tugmacha nima ekan-a?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.