MIUI 13 proshivkasini oluvchi to‘qqizta Xiaomi va Redmi smartfoni: to‘rt yillik flagman ham bor!

  •   DiMaX
  •  1836
  •  28.06.2021 09:48

MIUI 13 proshivkasini oluvchi to‘qqizta Xiaomi va Redmi smartfoni: to‘rt yillik flagman ham bor!

Xiaomi kompaniyasi o‘zining mobil qurilmalari uchun MIUI 13 grafik qobig‘ini 25 iyunda taqdim qilishi haqida xabar chiqqan edi, lekin unday bo‘lmadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dasturiy ta’minotning hamda Xiaomi Mi Mix 4 flagmanining namoyishi avgustga mo‘ljallangan.

O‘QING: MIUI 13 proshivkali ilk smartfon – Xiaomi Mi Mix 4 sertifikatlandi (+xususiyatlari)

Insayderlarning xabar berishlaricha, kompaniya allaqachon Android 12 operatsion tizimi bazasidagi MIUI 13 grafik qobig‘ining ichki testlarini o‘tkazmoqda. Bunga ishonsa bo‘ladi, zero, yaqindagina ushbu tizimda ishlayotgan ilk Xiaomi smartfoni ommabop GeekBench benchmarkida «qo‘lga tushgan» edi.

MIUI 13 grafik qobig‘i asosidagi proshivkalarni qabul qiluvchi smartfonlarning norasmiy ro‘yxati esa quyidagicha:

  1. Xiaomi Mi 11
  2. Xiaomi Mi 10
  3. Xiaomi Mi 9
  4. Xiaomi Mi 6
  5. Redmi K40
  6. Redmi K30
  7. Redmi Note 10
  8. Redmi Note 9
  9. Redmi Note 8

E’tibor bergan bo‘lsangiz, ro‘yxatda to‘rt yil avvalgi Xiaomi Mi 6 smartfoni ham bor, ammo undan keyin chiqqan Xiaomi Mi 8 yo‘q. Bunga ham ajablanmasa bo‘ladi, chunki Xiaomi yaqindagina hozir ham ommabop bo‘lgan uchta eski flagmanini e’lon qilgan va unga ko‘ra, 2017 yilgi yetakchi smartfondan bugungi kunda ham 2,15 million kishi faol foydalanib kelayotgan ekan!

Umuman olganda, «Xitoycha Apple»ning sotuvlar hajmiga ko‘ra eng muvaffaqiyatli flagmani shu Xiaomi Mi 6 hisoblanadi. Balki shuning uchundir, Xiaomi Group asoschisi va bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) ushbu modelni qayta chiqarishlari mumkinligiga ham shama qilgan.

O‘QING: Xiaomi tarixidagi eng zo‘r uchta smartfon (kompaniya rahbari nazdida)