Naq o‘n xil Xiaomi smartfonini 123 dollargacha chegirma bilan oling!

  •   DiMaX
  •  4130
  •  10.03.2020 11:02

Naq o‘n xil Xiaomi smartfonini 123 dollargacha chegirma bilan oling!

Ishlab chiqaruvchilar yangi modellardagi mahsulotlarini sotuvga chiqarishi arafasida, nisbatan eski rusumlardagi gadjetlarini arzonlatib sotishlari an’anaga aylanib qolgan. «Xitoycha Apple» ham yaqinda Xiaomi Mi 10 hamda Xiaomi Mi 10 Pro flagmanlarini, shuningdek Redmi brendi ostidagi hamyonbop smartfonlarini namoyish qilgan va...

O‘QING: Redmi 9, Redmi Note 9 va Note 9 Pro taqdimoti oldidan Redmi K30 5G arzonlashdi!

Xiaomi kompaniyasi o‘zining Rossiyadagi rasmiy saytida «Aqlli turmush, aqlli texnologiyalar» nomli yangi aksiyasini e’lon qildi. Ishlab chiqaruvchi uning doirasida turli mahsulotlariga 9 000 rubl (taxminan 123 AQSh dollari)gacha hajmda chegirma taklif etmoqda. Buyurtmani rasmiylashtirish jarayonida 3 000 rubllik qo‘shimcha chegirma ham beriladi. Bundan tashqari, Mi Store ilovasi orqali 10 000 rubllikdan oshiq tovar xarid qilinganida, 300 rubllik chegirmasi ham bor!

Aksiya doirasida maksimal miqdordagi – 9 000 rubllik chegirma Xiaomi Mi 9 flagmani uchun taklif etilmoqda. Uni avvalgi 34 990 rubl o‘rniga hozirda 25 990 rublga olish mumkin.

O‘QING: O‘z egalarini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

Shuningdek, quyidagi smartfonlar xaridida ham chegirmalar va sovg‘alar berish ko‘zda tutilgan: Redmi Note 8 Pro, Redmi 8A, Redmi Note 8T, Redmi Note 7, Redmi 7A, Mi Note 10, Mi 9 Lite, Mi 9T hamda Mi A3.

Bulardan tashqari, aksiya doirasida aqlli bilaguzuk, quloqchin, noutbuk, televizor, changyutgich, choynak, ryukzak va boshqa Xiaomi mahsulotlariga ham ozroq miqdorda chegirmalar bor.

Xabarga ko‘ra, mazkur aksiya 15 mart kuni, Moskva vaqti bilan soat 23:59 gacha davom etadi. Demak, ayni damda Rossiyada bo‘lgan muxlislarimiz mana bu havola orqali o‘tib, o‘zlariga kerakli gadjetlarni arzonroq narxda xarid qilishlari mumkin. Sizda esa ulardan birortasini Rossiyadagi biror yaqiningiz orqali buyurtma qildirib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarining rasmiy proshivkalari «xazinasi»ga marhamat!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!