Nokia tayyorlayotgan 9.3 PureView flagmanini sifatli suratlar va videoda ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  1429
  •  04.05.2020 10:30

Nokia tayyorlayotgan 9.3 PureView flagmanini sifatli suratlar va videoda ko‘ring!

«Qayta tirilgan» afsonaviy telefonsoz yaqinda «krizisga qarshi» Nokia 1.3 hamda Nokia 5.3, shuningdek, yana ikkita smartfonlarini taqdim etgan edi. HMD Global endi ushbu brend flagmani – Nokia 9.3 PureView modelini tayyorlamoqda.

O‘QING: DxOMark: Bu hamyonbop smartfon kamera bobida Nokia 9 PureView flagmaniga teng!

YouTube’dagi Concept Creator videokanali orqali tanilgan dizayner Jermeyn Smit (Jermaine Smit) maxsus LetsGoDigital resursi uchun ushbu qurilmaning render suratlari va videosini tayyorladi. Dizayner bunda Nokia 9.3 PureView haqidagi patent hujjatlaridan va ainsayderlik ma’lumotlaridan

Kutilayotgan smartfon dizaynida ilk ko‘zga tashlanadigan jihat – old kameraning yo‘qligidir. Nokia selfi-kamerasi ekran ostiga yashirilgan flagman tayyorlayotgani haqida anchadan beri gap-so‘zlar yuradi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, uning aniqligi 32 megapiksellik bo‘lib, kamera ishlatilmayotgan payti ekranda bilinmay turadi. Shuningdek, Nokia 9.3 PureView daktiloskopi ham displeyga integratsiya qilinadi.

O‘QING: Istalgan Android-smartfonning barmoq izi skaneriga tezkor funksiyalar qo‘shamiz

NokiaPowerUser nashri ikki hafta avval Nokia 9.3 PureView haqida ayrim tafsilotlarni e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, mazkur smartfonda yangilanish chastotasi 120 gerslik PureDisplay V3 displeyi qo‘llanadi. Diagonaliga 6,3 dyuymlik ekranning tasvir aniqligi esa QHD+ formatida bo‘ladi.

Nokia 9.3 PureView flagmani Qualcomm Snapdragon 865 protsessoriga ega bo‘lib, tezkor/doimiy xotirasi 6/128 hamda 8/256 gigabaytlik variantlarda savdoga chiqadi. Har ikkalasida ham microSD formatli xotira kartasi uchun slot ko‘zda tutilgan.

Smartfonning bosh kamerasida 108 va 64 megapiksellik sensorlar, shuningdek keng burchakli modul, teleob’yektiv hamda makroob’yektiv bo‘ladi. Nokia 9.3 PureView akkumulyatori 4500 mA/soatlik bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: Eng qimmat flagman DxOMark reytingida: Samsung bu sharmandalikni ko‘tara olarmikan?!. (+video)

Jermeyn Smit tayyorlagan Nokia 9.3 PureView videosini birga tomosha qilamiz:

Nokia 9.3 PureView modeli joriy yilning ikkinchi yarmida chiqishi kutilmoqda, narxlari esa hozircha noma’lum.

O‘QING: Atigi 59 dollarlik modelning davomchisi – Nokia’ning o‘ta arzon 4G-smartfoni tayyor!