Olimlar: simsiz quloqchinlar saratonga sabab bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  2626
  •  14.03.2019 11:08

Olimlar: simsiz quloqchinlar saratonga sabab bo‘ladi!

Apple korporatsiyasi 2016 yili ilk simsiz quloqchin – AirPods bilan yana bir bor dunyoni o‘zgartirgan edi. Keyinchalik boshqa ko‘plab kompaniyalar dizayni va ishlash prinsipi unga o‘xshash bo‘lgan o‘z gadjetlarini ishlab chiqishgan.

O‘QING: Xiaomi eng arzon noutbuki va Apple AirPods «kushanda»sini taqdim etdi

Endi esa bir guruh olimlarning ta’kidlashlaricha, Bluetooth-garnituralardan foydalanish saraton o‘smalarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin ekan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga yo‘llangan ushbu petitsiyani 250 nafar ekspert imzolagan. Ular simsiz quloqchinlar va boshqa shunday qurilmalardan foydalanishning xavfidan tashvish bildirishmoqda.

Ta’kidlash kerakki, AirPods elektromagnit chastotali radioto‘lqinlarga qo‘yilgan qonuniy talablarga mos keladi. Ammo petitsiyaga qo‘l qo‘ygan 250 nafar olimning fikricha, bu talablarning o‘zini hozirgi Bluetooth-garnituralarga qo‘llash noo‘rin.

O‘QING: Galaxy Buds simsiz quloqchini taqdim qilindi – u Galaxy S10 flagmanidan simsiz quvvatlana oladi!

Biroq Sidney universiteti olimlarining 30 yillik ilmiy tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, 1982 yildan 2013 yilgacha bo‘lgan davrda avstraliyaliklar orasida miya saratoni bilan kasallanish darajasi umuman o‘zgarmagan. Ta’kidlash kerakki, Avstraliya – bunday tajribalar o‘tkazilgan yagona mamlakat emas: Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Yangi Zelandiyada ham olimlar maxsus ilmiy tekshirishlar o‘tkazib, simsiz quloqchilarning saraton bilan bevosita aloqasini topishmagan.

Shunisi ham borki, BMT va JSSTga yo‘llangan petitsiya borasida na Apple, na Samsung biror izoh bera olishmayapti.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli quloqchinlarni 59 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud. Yoki boshqa, yirikroq gadjet xarid qilsangiz, shu kunlarda amalda bo‘lgan «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuq sifatida quloqchinga ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: Quloqchindan ehtiyot bo‘ling – Nukusda u o‘smirning o‘limiga olib keldi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!