PlayStation 5 uchun eng zo‘r o‘nta o‘yin (Engadget reytingi)
Sony kompaniyasi yarim yilcha avval PlayStation 5 o‘yin pristavkasini hamda uning «raqamli versiyasi» – PlayStation 5 Digital Edition modelini taqdim etgan. Ishlab chiqaruvchi yana «PlayStation 5 haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 23 narsa» deb nomlangan rasmiy videorolikni ham e’lon qilgan.
O‘QING: PlayStation 5’ga tushmaydigan PS 4 o‘yinlarini Sony rasman e’lon qildi
Engadget nashri Sony’ning beshinchi avlod konsoli uchun eng yaxshi o‘yinlar reytingini chiqardi. Mazkur ro‘yxatga PlayStation 5 uchun eksklyuziv bo‘lgan loyihalardan tashqari, oldingi avlod – PlayStation 4 modellariga chiqqan o‘yinlar ham kirgan.
Shunday qilib, Engadget jurnalistlari nazdida, PlayStation 5 konsoliga taqdim qilingan o‘yinlarning eng zo‘rlari quyidagilardir:
- Astro’s Playroom
- Control: Ultimate Edition
- Demon's Souls
- God of War
- Ghost of Tsushima
- Hitman 3
- Marvel’s Spider-Man Ultimate Edition
- Resident Evil Village
- Returnal
- Sekiro: Shadows Die Twice
Ushbu reyting tuzuvchilari Astro’s Playroom o‘yinini Sony’ning yangi kontrolleri – DualSense bilan tanishishning eng yaxshi usuli, deya tavsiya etishgan.
O‘QING: PlayStation 4 egalariga xushxabar: endi PlayStation 5’ga havas qilmay qo‘yaverasiz!