Pulli o‘yin va ilovalarga obuna bo‘yicha bepul ega bo‘ling!

  •   DiMaX
  •  525
  •  17.04.2021 07:13

Pulli o‘yin va ilovalarga obuna bo‘yicha bepul ega bo‘ling!

Ucell mobil aloqa operatori kuni kecha narxi 1 000 000 so‘mlikkacha bo‘lgan chiroyli raqamlarni oddiysi narxida olish imkonini beruvchi «Istalgan raqam» aksiyasini joriy etgan edi. Kompaniya endi «Lux Content» MChJ kontent-provayderi bilan hamkorlikdagi yangi loyihasini e’lon qildi.

O‘QING: Android-smartfonlarga endi Google Play’dagi ilovalarni internetsiz ham rasman o‘rnata olasiz!

Joriy yilning 14 aprelidan ushbu hamkorlik doirasida «AppsClubPlus» wyeb-portali ishga tushirilgan. Bu – Android tizimi uchun mobil ilovalar do‘koni bo‘lib, yuqori sifatli pulli ilovalar, o‘yinlar va ko‘ngilochar dasturlardan obuna asosida foydalanish imkonini beruvchi o‘ziga xos premial klubdir.

«AppsClubPlus» platformasi DRM texnologiyasini qo‘llaydi, shu tufayli faqat eng yaxshi ilova va o‘yinlar saralab olinadi. Abonentning raqamidan faqat abonent to‘lovi yechib olinadi. Xizmat kunlik abonent to‘lovi yechib olinganida yoki oylik obuna xarid qilinganida taqdim etiladi.

O‘QING: «Urush xudosi» nomli bu yangi smartfonni Redmi rahbari qo‘lidan qo‘ya olmayapti!

Premial kontent yoki o‘yin ichidagi xizmatlar uchun hech qanday ichki to‘lovlar mavjud emas. Google Play katalogida to‘lov qilishga (Google Play’da ilovani xarid qilish, bepul ilovalarda reklamani o‘chirish uchun to‘lov, o‘yin ichidagi valyutani va apgreydlarni sotib olish) to‘g‘ri kelishi mumkin bo‘lgan ilovaga abonent mazkur xizmatga obuna asosida ega bo‘ladi.

«AppsClubPlus» xizmatini ulatish uchun, abonent https://appsclub.ucell.uz havolasi orqali o‘tishi lozim. Xizmatni o‘chirish uchun abonent 5454 qisqa raqamiga «STOP APPCLUB» matnini SMS-xabarda yuborishi kerak.

Narxlanish 1810 va 1812 qisqa raqamlaridan keluvchi, ko‘rinmas SMS orqali amalga oshiriladi. Unda kuniga 1299 so‘mlik to‘lov yoki oyiga 24999 so‘mlik obuna asosida ilova o‘yinlardan cheksiz foydalanish imkoni mavjud.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni https://appsclub.ucell.uz saytidan olish mumkin.

O‘QING: Ekspertlar: «Ushbu 21 ta ommabop o‘yinni smartfondan tezda o‘chirib qutuling!»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.