«Qirol o‘ldi. Yashasin qirol!» – jahon rekordchisini AnTuTu’da tor-mor etishdi!

  •   DiMaX
  •  2829
  •  08.07.2020 14:03

«Qirol o‘ldi. Yashasin qirol!» – jahon rekordchisini AnTuTu’da tor-mor etishdi!

Asus o‘zining uchinchi avlod geymerofoni – ROG Phone 3 modelini Qualcomm hali taqdim etmagan Snapdragon 865+ chipseti bazasida tayyorlamoqda. Hali rasman namoyish etilmagan bu flagman avvalroq AnTuTu benchmarkida rekord o‘rnatgan edi.

O‘QING: Dunyodagi eng qudratli o‘nta smartfon (AnTuTu global reytingi, 2020 yil iyun)

Shu bilan birga, Lenovo ham mana shu oyda o‘zining Legion rusumli o‘yinbop smartfonini taqdim qiladi. Kompaniya taqdimot arafsida uning samaradorligini AnTuTu servisida tekshirib ko‘rsatdi.

Asus ROG Phone 3 flagmani AnTuTu servisida 646 310 ball olgan bo‘lsa, benchmarkda L79031 model raqami ostida imtihon topshirgan Lenovo Legion uni tor-mor etdi – naq 648 871 ball!

Shu bilan birga, AnTuTu mazkur samaradorlik qirolining ayrim texnik xususiyatlarini ham oshkor etgan. tekshirib ko‘rilgan Lenovo Legion versiyasi 16 gigabaytlik, LPDDR5 toifali tezkor hamda 512 gigabaytlik, UFS 3.1 turidagi doimiy xotira chiplariga ega. Kompaniya uni Android 10 operatsion tizim talqini bilan jihozlagan.

Bundan tashqari, Lenovo Legion hali taqdim etilmagan Snapdragon 865 Plus platformasi bazasiga qurilgan. Mazkur protsessor esa 3,09 GGs chastotali bitta Kryo 585 Prime, 2,42 GGs.lik uchta Kryo 585 Gold hamda 1,8 GGs chastotali to‘rtta Kryo 585 Silver yadrolarini o‘z ichiga olgan. Grafika uchun esa chipset jamlanmasidagi Adreno 650 grafik tezlatgichi mas’ul.

O‘QING: Lenovo Legion – «barcha ko‘zlari belida» joylashgan ilk smartfon! (+rasmiy suratlar va video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!