RASMAN: MIUI 11 barqaror proshivkasi qaysi Xiaomi smartfonlariga qachon yetib keladi?

  •   DiMaX
  •  3988
  •  25.09.2019 08:54

RASMAN: MIUI 11 barqaror proshivkasi qaysi Xiaomi smartfonlariga qachon yetib keladi?

Kecha – 24 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Xiaomi kompaniyasi ikkita flagman – Mi 9 Pro 5G hamda Mi Mix Alpha smartfonlarini taqdim etdi. Ulardan tashqari, ushbu tadbirda yana atigi 56 dollarlik Xiaomi Air 2 simsiz quloqchinlari, Mi Full Screen TV Pro smart-televizori hamda MIUI 11 grafik qobig‘ini ham namoyish qilgan.

O‘QING: MIUI 11’dagi yangi funksiya Xiaomi smartfonlari egalarining hayotini saqlab qolishi mumkin!

Kompaniya shu tadbirning o‘zida ushbu yangilanish qaysi mobil qurilmalariga qay vaqtda tarqatilishini ham rasman aytib o‘tdi. Unga ko‘ra, naq 46 modeldagi Xiaomi smartfonlari uchun ushbu dasturiy ta’minot asosida proshivka tayyorlanmoqda.

Demak, oktyabr oyi o‘rtalarida quyidagi modellar uchun MIUI 11 bazasidagi barqaror proshivkalar kela boshlaydi:

  1. Mi 9 (Sotib olish)
  2. Mi 9 Transparent Edition
  3. Mi 9 SE (Sotib olish)
  4. Mi MIX 3
  5. Mi MIX 2S
  6. Mi 8
  7. Mi 8 Youth Edition
  8. Mi 8 Explorer Edition
  9. Mi 8 In-Display Fingerprint Edition
  10. Mi 8 SE
  11. Mi MAX 3
  12. Redmi K20 Pro (Sotib olish)
  13. Redmi K20 Pro Premium Edition
  14. Redmi K20
  15. Redmi Note 7 (Sotib olish)
  16. Redmi Note 7 Pro (Sotib olish)
  17. Redmi 7 (Sotib olish)

Oktyabrning oxirida esa quyidagi modellar MIUI 11’gacha yangilanadi:

  1. Mi 9 Pro 5G version
  2. Mi CC 9 (Sotib olish)
  3. Mi CC 9 Meitu Version
  4. Mi CC 9e
  5. Mi MIX 2
  6. Mi Note 3
  7. Mi 6
  8. Mi 6X
  9. Redmi 7A (Sotib olish)
  10. Redmi 6 Pro
  11. Redmi Note 5
  12. Redmi 6A (Sotib olish)
  13. Redmi 6
  14. Redmi S2

Mana bu smartfonlar esa noyabrning boshida MIUI 11 asosidagi barqaror proshivkalarni qabul qiladi:

  1. Mi MIX
  2. Mi 5s
  3. Mi 5s Plus
  4. Mi 5X
  5. Mi 5C
  6. Mi Note 2
  7. Mi Play (Sotib olish)
  8. Mi Max 2
  9. Redmi Note 8
  10. Redmi Note 8 Pro
  11. Redmi 5 Plus
  12. Redmi 5
  13. Redmi 5A
  14. Redmi 4X
  15. Redmi Note 5A

Aftidan, bu yerda mazkur smartfonlarning xitoycha versiyalariga proshivkalarning tarqatilish jadvali ko‘zda tutilgan. MIUI 11 asosidagi barqaror global proshivkalar qachon taqdim etilishi haqida ma’lumot chiqishi bilan sizlarga yetkazamiz, Terabayt.uz’ni kuzatishda davom eting. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa aksariyat rusumlardagi Xiaomi telefonlarini atigi 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Redmi Note 8 global talqinda kutilmagan narxda taqdim qilindi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!