RASMAN: Xiaomi global MIUI 10 beta-talqini tarqatilish jadvalini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  2691
  •  30.06.2018 10:28

RASMAN: Xiaomi global MIUI 10 beta-talqini tarqatilish jadvalini e’lon qildi

Xitoylik korporatsiya bundan bir oycha avval Xitoy bozori uchun chiqarilgan smartfonlariga MIUI 10 proshivkasining alfa-versiyasini chiqargan edi. Biz shuning asosida tayyorlangan norasmiy global proshivkani olish va o‘rnatish usuli haqida ma’lumot berganmiz.

O‘QING: Xiaomi smartfonlariga hali rasman yuborilmagan global MIUI 10 proshivkasini hoziroq o‘rnatish mumkin!

Endi esa «xitoycha Apple» global MIUI 10 proshivkasining beta-talqini qaysi qurilmalariga qachon yetkazilishini e’lon qildi. Odatdagidek, Xiaomi’ning turli modellardagi mobil devayslariga yangi dasturiy ta’minot bosqichma-bosqich tarqatiladi.

Jumladan, iyulning boshida dunyo bo‘yicha quyidagi gadjetlar egalari global MIUI 10 beta-talqinini sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi:

  • Xiaomi Mi 6;
  • Xiaomi Mi 5;
  • Xiaomi Mi Mix 2;
  • Xiaomi Mi Mix 2S;
  • Xiaomi Mi Mix;
  • Xiaomi Redmi S2;
  • Xiaomi Redmi Note 5 Pro;
  • Xiaomi Redmi Note 5;
  • Xiaomi Mi Note 2.

O‘QING: EKSKLYuZIV: Mutlaqo romsiz Xiaomi Mi Mix 3’ni ilk «jonli» suratda ko‘ramiz! (+video)

Ikkinchi bosqichda – iyul oyi oxirlarida esa yangi proshivka mana bu modellarga uzatiladi:

  • Xiaomi Redmi Note 4X, Xiaomi Redmi Note 4 (Qualcomm protsessorli);
  • Xiaomi Redmi Note 5A;
  • Xiaomi Redmi Note 5A Prime;
  • Xiaomi Mi 5S;
  • Xiaomi Mi 5S Plus;
  • Xiaomi Mi Max 2;
  • Xiaomi Mi Max;
  • Xiaomi Mi Max Prime;
  • Xiaomi Redmi 5;
  • Xiaomi Redmi 5A;
  • Xiaomi Redmi 5 Plus;
  • Xiaomi Redmi 4A;
  • Xiaomi Redmi 4X.

Avgust boshida esa quyidagi qurilmalar uchun MIUI 10 tarqatiladi:

  • Xiaomi Mi 3 / Mi 4;
  • Xiaomi Redmi Note 3 (Qualcomm protsessorli);
  • Xiaomi Redmi 3S / 3X.

Ta’kidlash kerakki, MIUI 10 o‘rnatilishi uchun dastlab smartfondagi yuklovchini blokirovkadan chiqarish kerak bo‘ladi. Agarda sizda allaqachon MIUI 9 beta-talqini o‘rnatilgan bo‘lsa, yangi proshivkani smartfon sozlamalari orqali «havodan» yuklab olishingiz mumkin.

YoDDA TUTING: MIUI 10’ni o‘rnatish – smartfoningizni to‘liq qaytadan proshivka qilish, deganidir. Mazkur operatsiya birmuncha murakkabroq bo‘lib, tajribasiz foydalanuvchilarga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Agarda bu borada tajribangiz bo‘lmasa, ustasiga murojaat etganingiz yoki proshivkaning yakuniy talqini chiqishini kutganingiz ma’qul.

O‘QING: Xiaomi'dan yangi MIUI 10: afzalliklari bisyor