Realme 3 Pro namoyish qilindi: Redmi Note 7 Pro’ning jiddiy raqibi!

  •   DiMaX
  •  2460
  •  22.04.2019 18:13

Realme 3 Pro namoyish qilindi: Redmi Note 7 Pro’ning jiddiy raqibi!

Oppo kompaniyasining subbrendi – Realme o‘z raqibining Redmi Note 7 Pro modeliga raqobatchi tayyorlagani haqida xabar bergandik. Bugun Hindistonda shu smartfonning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘QING: Redmi Note 7 Pro’ning yana bir raqibi – Realme 3 Pro taqdimoti ham e’lon qilindi (+«jonli» rasm)

Realme 3 Pro smartfonining diagonaliga 6,3 dyuymlik va IPS matritsali ekrani Full HD+ formatiga ega. Displeyning tomchisimon «o‘yig‘i»dagi 25 megapiksellik selfi-kamera esa «sun’iy idrok» funksiyalari bilan boyitilgan.

Ushbu qurilma qo‘shaloq (16 MP + 5 MPlik) bosh kamerasi bilan ham maqtana oladi. Uning asosiy moduli esa OnePlus 6 hamda OnePlus 6T flagmanlarida ham qo‘llangan Sony IMX519 sensoridir.

O‘QING: Redmi 7’dan avval uning «kushanda»si – arzon, ammo «beli baquvvat» Realme 3 taqdim etildi!

Realme 3 Pro samaradorligi uchun Snapdragon 710 protsessori tanlangan, unga 4 yoki 6 gigabaytlik tezkor xotira yelkadoshlik qiladi. Shuningdek, Oppo ushbu smartfonida grafikani tezlashtiruvchi HyperBoost 2.0 tizimini ham qo‘llagan. Smartfon ichki xotirasi hajmiga ko‘ra ikki xil – 64 va 128 gigabaytlik talqinlarda taqdim etiladi. Shuningdek, ikkita SIM-karta slotidan alohida microSD-karta uyachasi ham mavjud.

Devaysning akkumulyatori ham baquvvat – 4045 mA/soatlik bo‘lib, USB-C porti orqali 20 vattlik VOOC Charger 3.0 texnologiyasiga ko‘ra tezkor quvvatlana oladi. Realme 3 Pro eng so‘nggi – Android 9 Pie operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida, Oppo kompaniyasining ColorOS 6.0 interfeysi bilan ishlaydi. Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan korpusning orqa qopqog‘ida barmoq izi skaneri ham bor.

Ushbu smartfon savdosi 29 aprelda boshlanadi va u faqatgina Hindistonda sotiladi. Oppo uning uchun 200 AQSh dollaridan boshlanuvchi narxlar belgilagan. Ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Redmi Y3 (yoki Redmi S3) mustahkam ham ekan: «superselfifon»ni chelakka irg‘itib, zinadan dumalatishdi! («jonli» video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!