Realme smartfonlaridan qaysilari va qachon Android 11’gacha yangilanadi? (yo‘l xaritasi)

  •   DiMaX
  •  659
  •  25.09.2020 11:28

Realme smartfonlaridan qaysilari va qachon Android 11’gacha yangilanadi? (yo‘l xaritasi)

Oppo kompaniyasining arzonchi subbrendi shu haftaning boshida atigi 116 dollardan boshlanuvchi o‘yinbop smartfonlarini chiqargan edi. Realme Narzo 20, Narzo 20A hamda Narzo 20 Pro rusumli qurilmalar bilan birga, o‘shanda Android 11 operatsion tizim talqini bazasidagi, yap-yangi Realme UI 2.0 grafik qobig‘i bilan taqdim etilgan.

O‘QING: Realme ham o‘zining ekranosti kamerali smartfonini ko‘rsatdi

Endi esa Realme ushbu grafik qobiqqa asoslangan proshivkaning o‘z smartfonlariga tarqatilishi bo‘yicha birinchi to‘lqinning yo‘l xaritasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniyaning 22 xil aqlli telefoni Android 11 bazasidagi Realme UI 2.0 apdeytini oladi:

Demak, Realme smartfonlariga yangi proshivka tarqatilishi quyidagi grafik asosida amalga oshiriladi:

2020 yil syentyabr:

  1. Realme X50 Pro 5G

2020 yil noyabr:

  1. Realme 7 Pro
  2. Realme Narzo 20

2020 yil dekabr:

  1. Realme 6 Pro
  2. Realme 7
  3. Realme Narzo 20 Pro
  4. Realme X2 Pro

2020 yil yanvar:

  1. Realme X3
  2. Realme X3 SuperZoom
  3. Realme X2
  4. Realme 6
  5. Realme C12
  6. Realme C15

2020 yil fyevral:

  1. Realme 6i
  2. Realme Narzo 10

2020 yil mart:

  1. Realme C3
  2. Realme Narzo 10A

2020 yil ikkinchi kvartal:

  1. Realme X
  2. Realme XT
  3. Realme 3 Pro
  4. Realme 5 Pro
  5. Realme Narzo 20A

Aytish kerakki, smartfonning hududiga bog‘liq holda, unga proshivka mazkur grafikda ko‘rsatilgan muddatdan sal kechikib kelishi ham mumkin.

O‘QING: Realme yana bir arzon smartfon chiqardi: 90Hz ekran, 6/128GB xotira va 5000 mAh batareyali!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!