Redmi arzon smartfonlarining avval aytilmagan bir siri ochildi

  •   DiMaX
  •  5100
  •  22.10.2019 09:06

Redmi arzon smartfonlarining avval aytilmagan bir siri ochildi

Avvalroq yuz dollardan ham arzon Redmi 8A, keyin esa «Avtonomlik bo‘yicha chempion» – Redmi 8 smartfonlarini taqdim etgan Xiaomi kishilarning ularga qiziqishini oshirishda davom etmoqda. Jumladan, kuni kecha kompaniya Weibo tarmog‘i orqali bu ikki arzon modelning ilgari aytilmagan bir funksiyasini e’lon qildi.

O‘QING: Redmi 8’ning yirik kamchiligi borasida Xiaomi o‘zini oqlashga bahona topdi!

Redmi 8 hamda 8A modellariga joriy etilgan ushbu funksiya «changni tovush yordamida tozalash» deb atalgan. Bu – ko‘pincha smartfonlarning dinamigiga o‘tirib qoladigan chang va kirdan xalos bo‘lishning bir usulidir.

Bu turdagi «tozalash» smartfonning o‘zi tomonidan maxsus tovush yangratish orqali amalga oshiriladi. Tozalovchi tovush dinamikni 30 soniya mobaynida maksimal amplitudada titrashga majbur qiladi. Natijada dinamik shikastlarsiz, o‘ziga yopishgan g‘uborlarni «qoqib tashlab» tozalanadi.

Bu devayslar hozircha O‘zbekiston bozoriga rasman yetib kelgani yo‘q, lekin yaqinda namoyish qilingan ikkita – Redmi Note 8 va Redmi Note 8 Pro smartfonlarini allaqachon Terashop.uz’dan sotib olish mumkin.

O‘QING: 1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!