Redmi butkul yangi smartfonining taqdimot kunini aytdi

  •   DiMaX
  •  1883
  •  28.07.2020 09:38

Redmi butkul yangi smartfonining taqdimot kunini aytdi

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi 4 avgust kuni yangi smartfonini namoyish etyapti. Bu haqda Redmi Hindiston bo‘linmasi Twitter orqali anons berdi.

O‘QING: Redmi K30 Ultra allaqachon ishlab chiqarila boshladi

E’londa uning butunlay yangi smartfon ekanligi aytilgan, lekin rasmdagi «Prime» so‘zining soyasi «Nine» – «to‘qqiz» bo‘lib tushayotgani shubhali. Ehtimol, bu Xitoyda oldin chiqarilgan Redmi 9 yoki Redmi Note 9 turkumidagi biror smartfonning Hindistondagi taqdimoti bo‘lar. Yana kim biladi, balki shu turkumlardagi yangi model namoyish etilishi ham mumkin.

Rasmni kattalashtirib qaraganda, smartfon old yuzasida ekranning yuqori qismi o‘rtasida old kamera tirqishi borligini ko‘ramiz. «Prime» so‘zining oxirgi harfida esa tezkor quvvatlash texnologiyasiga ishora mavjud.

Esingizda bo‘lsa, yaqindagina AI benchmark samaradorlik testi servisi ma’lumotlar bazasida ilk bor Redmi Note 10 smartfoni «ko‘zga tashlangan» edi. Lekin 4 avgustda chiqadigani boshqa model bo‘lishi va uning nomiga «Prime» so‘zi qo‘shilishi kutilmoqda.

O‘QING: Redmi flagmani hatto iPhone 11 Pro Max, Galaxy S20+ va OnePlus 8 Pro’larni mahv etib, kuchli o‘ntalikka kirdi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!