Redmi Earphones – o‘ta arzon, lekin Hi-Res Audio sertifikatli quloqchin!

  •   DiMaX
  •  800
  •  03.09.2020 13:57

Redmi Earphones – o‘ta arzon, lekin Hi-Res Audio sertifikatli quloqchin!

Esingizda bo‘lsa, Realme brendi yaqinda hatto smartfon g‘ilofidan ham arzon narxda Realme Buds Classic quloqchinini chiqargan edi. Xiaomi kompaniyasi ham undan qolishmaslik uchun, Redmi brendi ostida yangi quloqchinini namoyish qildi.

O‘QING: Xiaomi rahbariyati kutilganidan ham zo‘r chiqqan yangi arzon flagmani uchun uzr so‘radi

2 sentyabr kuni Hindistonda bo‘lib o‘tgan onlayn marosimda Redmi Earphones rusumli simli quloqchin jamoatchilikka ko‘rsatildi. Mazkur arzon aksessuar Hi-Res Audio sertifikatsiyasiga ega, ya’ni u yuqori sifatli tovush yangrata oladi.

Redmi Earphones quloqchini 10 millimetrlik drayverlarga ega bo‘lib, qadog‘idagi jamlanmada turli o‘lchamlardagi ambushyurlar (quloq ichiga kirib turadigan joyidagi silikon yoki rezina uchliklar) ham bor.

Aksessuarning 1,25 metrlik kabeli «Y» shaklidagi tuzilishga ega bo‘lib, unda bittadan mikrofon va boshqaruv tugmachasi mavjud.

Quloqqa taqiladigan joyining orqa tomoni esa magnitli – o‘zaro yopishtirib qo‘yish mumkin.

Redmi Earphones vazni atigi 13 gramm ekanligini ham ta’kidlash o‘rinli. Kompaniya uni ko‘k, qizil va qora ranglarda taklif etadi.

Xiaomi bu mahsulotini 7 sentyabrdan boshlab Hindistonda sotuvga chiqaradi. Redmi Earphones uchun ham Realme Buds Classic bilan bir xil – 5 AQSh dollariga teng narx belgilangan.

O‘QING: 200 dollarlik Gionee M30 chiqdi: akkumulyatori naq 10 000 mA/soatlik smartfon-poverbank!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!