Redmi flagman chipga va 120 gerslik OLED-displeyga ega kuchli smartfon tayyorladi

  •   DiMaX
  •  1750
  •  01.07.2020 17:44

Redmi flagman chipga va 120 gerslik OLED-displeyga ega kuchli smartfon tayyorladi

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Xiaomi kompaniyasining arzonchi brendi tayyorlayotgan navbatdagi flagman smartfon haqida ma’lumotlar ko‘paymoqda. Digital Chat Station nikli xitoylik insayder uning kuchli jihatlarini oshkor etdi.

O‘QING: Redmi K40 ham allaqachon internetda «ko‘rina» boshladi

Xabarlarga ko‘ra, Redmi bu qurilma ekranida avval aytilganidek IPS-panel emas, balki kadr yangilanish chastotasi 120 gersga teng bo‘lgan OLED mtritsasini qo‘llar ekan. Bundan tashqari, displeyda kemtik yoki tirqish bo‘lmaydi, chunki smartfonning old kamerasi korpusning yuqori qirrasidan chiquvchi mexanizmga o‘rnatiladi.

Mazkur smartfon tayvanlik chipsoz – MediaTek kompaniyasining flagman protsessori – Dimensity 1000+ bazasida tayyorlanmoqda. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Master Lu benchmarkining may oyi reytingida ushbu chipset nufuzli Qualcomm kompaniyasining eng kuchli flagmani – Snapdragon 865 protsessoridan ustun kelgan.

«Xitoycha Apple»ning kutilayotgan smartfoniga qaytadigan bo‘lsak, uning 4500 mA/soatlik akkumulyatori 33 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi, daktiloskopi esa ekranga integratsiya qilinadi. Kompaniya bu qurilmasini shu iyul oyidayoq taqdim etishi aytilmoqda, lekin nomi aniq emas. Aftidan, bu «Killer» turkumidagi yangi flagman – Redmi K40 modeli bo‘lsa kerak.

O‘QING: Ikkita Xiaomi smartfoni arzonlashdi, bittasining narxi 100 dollarga pasaydi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!