Redmi flagmani hatto iPhone 11 Pro Max, Galaxy S20+ va OnePlus 8 Pro’larni mahv etib, kuchli o‘ntalikka kirdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  4320
  •  23.07.2020 11:05

Redmi flagmani hatto iPhone 11 Pro Max, Galaxy S20+ va OnePlus 8 Pro’larni mahv etib, kuchli o‘ntalikka kirdi! (+video)

Xiaomi kompaniyasi 24 mart kuni arzonchi brendining Redmi K30 Pro hamda Redmi K30 Pro Zoom Edition flagmanlarini namoyish qilgan edi. Bulardan ikkinchisi «oddiy» sherigidan kameralari bilan farqlanadi.

O‘QING: Redmi K30 Pro olgan yaxshimi yoki Xiaomi Mi 10 Pro? «Jonli» videoda taqqoslaymiz!

DxOMark laboratoriyasi, nihoyat, Redmi K30 Pro Zoom Edition modelining ham kamera imkoniyatlarini sinab ko‘rdi va uning natijalaridan mutaxassislarning o‘zlari ham hayratda qolishdi!

Mazkur kamerofon bosh kamerada rasmga tushirish bo‘yicha 129 ball, video suratga olish bo‘yicha esa 101 ball oldi. Natijada yakuniy 120 ball bilan u DxOMark reytingida OnePlus 8 Pro, iPhone 11 Pro Max hamda Samsung Galaxy S20+ kabi qimmat flagmanlarni ortda qoldirib, kuchli o‘ntalikka kirdi!

O‘QING: 394 dollarlik Redmi K30 Pro ming dollarlik iPhone 11 Pro Max’ni jangga chorladi! («jonli» video)

DxOMark ekspertlari Redmi K30 Pro Zoom Edition smartfonining tezkor va niq avtofokus olishi, ko‘chada va zum bilan suratga olishda mayda tafsilotlargacha yetkazib berishi, ranglarni yaxshi uzatishi hamda videoga tushirishda samarali barqarorlik namoyon etishini alohida ta’kidlashgan.

Kamchiliklariga kelsak – xona ichida va o‘ta keng burchakli kadrlar suratga olishda detalizatsiya pastligi, dinamik diapazoni cheklanganligi, tungi s’yomka juda zo‘r emasligi kabilar aytilgan.

Redmi K30 Pro Zoom kamera testi bilan batafsil tanishishni istovchilar mana bu havola orqali DxOMark saytidagi tegishli (inglizcha) sahifaga o‘tishlari mumkin.

O‘QING: Xitoycha va global MIUI 12 proshivkalari iyul-avgust oylarida keladigan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxatlari chiqdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!