Redmi K20 Pro: «katta iblis» Geekbench’da ham o‘z kuchini ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  1564
  •  29.05.2019 11:50

Redmi K20 Pro: «katta iblis» Geekbench’da ham o‘z kuchini ko‘rsatdi!

Xiaomi kompaniyasi kecha Redmi brendining flagmanlari – Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlarini namoyish qildi. Bulardan ikkinchisi AnTuTu benchmarkida salkam 390 000 ball olgan – bu esa Xiaomi Mi 9 (sotib olish) flagmanidan ham yuqori ko‘rsatkich!

O‘QING: Nihoyat, Redmi K20 va K20 Pro taqdim etildi: narx va jihatlari

Redmi K20 Pro flagmanini kechaning o‘zida yana bir mashhur benchmark – Geekbench servisida ham tekshirib ko‘rishgan. Qualcomm Snapdragon 855 bazasiga qurilgan bu devays yakka yadroli imtihonda 3039 ball, barcha yadrolar ishtirokidagi sinovda esa 10787 ball olgan:

Geekbench’da imtihon topshirgan flagman 8 gigabaytlik tezkor xotiraga hamda MIUI grafik qobig‘i ostidagi Android 9.0 Pie operatsion tizimiga ega. Xitoyning o‘zida Redmi K20 Pro modelini 1 iyundanoq xarid qilish mumkin bo‘ladi. Redmi K20 esa 6 iyunda, ushbu brendning yettinchi avlod smartfonlari orasida eng arzoni bo‘lgan – atigi 80 dollarlik Redmi 7A bilan baravar bozorga chiqarishadi.

O‘QING: Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlari global bozorga boshqa nomlar bilan chiqadi (+suratlar)

Eslatib o‘tamiz, ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin. Shu yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotganingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda ushbu kompaniyaning ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

Bu haqdagi batafsil ma’lumotni mana bu yerda olishingiz mumkin. Internet-do‘konimizda esa shu kunlarda «Ayyom» aksiyasi doirasida mazkur kompaniyaning ayrim smartfonlariga chegirmalar e’lon qilingan.

O‘QING: Terashop.uz’da barcha Xiaomi smartfonlari arzonlashdi – narxlari bilan tanishing! (2019 yil 23 may)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!