Redmi to‘qqizinchi avlod eng arzon smartfonini ertagayoq taqdim etadi

  •   DiMaX
  •  1279
  •  23.06.2020 12:05

Redmi to‘qqizinchi avlod eng arzon smartfonini ertagayoq taqdim etadi

«Xitoycha Apple»ning bu yilgi eng arzon smartfoni – Redmi 9A ham tayyor ekanligi haqida yozganmiz. So‘nggi xabarlarga qaraganda, uni ertaga – 24 iyun kuni, xitoycha versiyadagi Redmi 9 bilan birga namoyish qilishadi.

O‘QING: Redmi 9’ga allaqachon rasman buyurtma berish mumkin, narxi endi «joyiga tushdi»!

Avvalroq Redmi 9A modelining xususiyatlari ma’lum bo‘lgan edi – Xiaomi uni MediaTek Helio G35 protsessori bazasida tayyorlagan. Smartfonning IPS matritsali ekrani diagonaliga 6,53 dyuymlik o‘lchamga hamda HD+ formatidagi tasvir aniqligiga ega.

Redmi 9A akkumulyatorining tok sig‘imi 5000 mA/soatlik bo‘lishi, tezkor/ichki xotirasi esa tegishlicha 3/32 gigabaytlik ekanligi aytilmoqda. Kamera borasida esa u Redmi 9’ga nisbatan ancha g‘arib: 13 megapiksellik asosiy va 5 megapiksellik old kameralar. Lekin kompaniya uni 3,5 millimetrlik audiotirqish, zamonaviy USB-C hamda infraqizil portlari bilan ta’minlayapti.

Redmi 9 modelining boshlang‘ich versiyasi Yevropada 150 yevro turadi, Redmi 9A narxi esa 100–120 yevrodan boshlanishi kutilmoqda. Biroq ertanggi tadbirda namoyish etiladigan xitoycha Redmi 9 modeli global versiyadan jiddiy farq qilishi haqida yozganmiz.

O‘QING: Global proshivka, Global versiya va Xitoy versiya. Bularning farqi nimada?