Redmi Y3 benchmarkda: Xiaomi ziqnaligimi yoki Geekbench xatoligi?

  •   DiMaX
  •  961
  •  23.04.2019 14:09

Redmi Y3 benchmarkda: Xiaomi ziqnaligimi yoki Geekbench xatoligi?

«Xitoycha Apple» ertaga – 24 aprelda o‘zining «superselfifon» modeli – yoshlarbop Redmi Y3 smartfonini taqdim etadi. Rasmiy namoyishidan avval kompaniya uning mustahkamligini ta’kidlovchi videolavha tarqatgan.

O‘QING: Redmi Y3 (yoki Redmi S3) mustahkam ham ekan: «superselfifon»ni chelakka irg‘itib, zinadan dumalatishdi! («jonli» video)

Geekbench servisining ma’lumotlar bazasida ushbu smartfonning tekshirib ko‘rilganligi haqida qayd paydo bo‘ldi. Benchmark ma’lumotlariga ko‘ra, Android 9 Pie operatsion tizimiga ega bo‘lgan Redmi Y3 tezkor xotirasi 3 gigabaytga teng ekan.

Lekin eng qizig‘i – qurilmaning maksimal 1.8 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkiz yadroli msm8953 protsessori bazasiga qurilganligidir. Gap shundaki, Redmi Y3 nisbatan tezkor Snapdragon 632 chipida ishlaydigan bo‘lishi kutilayotgan edi. msm8953 esa undan ko‘ra pastroq xususiyatlarga ega bo‘lgan Snapdragon 625 protsessorining kodli nomidir.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarining 4000 mA/soatlik akkumulyatorlari endi 17 daqiqadayoq butkul to‘ladi! (+«jonli» video)

Xo‘sh, Xiaomi smartfon tannarxini pasaytirish maqsadida unga eski chip qo‘llayaptimi, yoki bu yerda Geekbench xato qilganmi? Ikkinchi taxmin to‘g‘ri bo‘lishi ham mumkin, zero, Redmi Y3 benchmark testida yakka yadroli sinovda 1236 ball, ko‘p yadroli imtihonda esa 4213 ball olgan. Bunaqa ko‘rsatkichlar esa Snapdragon 625 protsessori uchun birmuncha balandlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Redmi Y3 modeli 32 megapiksellik old kameraga va qo‘shaloq bosh kameraga ega. 4000 mA/soatlik akkumulyatorga ega bo‘lgan ushbu selfifonning narxi va texnik jihatlari ertanggi taqdimotda aniq bo‘ladi.

Ushbu gadjet keyinroq jahon bozoriga Redmi S3 modeli sifatida taqdim etilishi kutilmoqda. Ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa allaqachon 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni bor.

O‘QING: RASMIY RO‘YXAT: Android 9’gacha yangilanadigan va yangilangan Xiaomi smartfonlari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.