Samsung arzon Galaxy M turkumidagi ilk 5G-smartfonini maqtayapti

  •   DiMaX
  •  823
  •  12.04.2021 13:25

Samsung arzon Galaxy M turkumidagi ilk 5G-smartfonini maqtayapti

Janubiy koreyalik texnogigant yaqinda o‘zining Galaxy M42 (yoki Galaxy M42 5G) smartfonini Geekbench servisida tekshirib ko‘rgan. O‘shanda va oldingi xabarlarda bu qurilmaning baquvvat batareyaga hamda kuchli Qualcomm chipiga ega ekanligi tasdiqlangan.

O‘QING: Samsung taqdim etib ulgurmagan o‘ta arzon smartfon allaqachon xususiyat va narxlari bilan do‘konga chiqdi!

Samsung kompaniyasi Galaxy M42 modeliga bag‘ishlab tayyorlagan birinchi tizeri internetga chiqdi. Garchi unda aynan modelning nomi aytilmagan bo‘lsa-da, gap shu smartfon haqida ketyapti, deydi uni e’lon qilgan Mukul Sharma (Mukul Sharma):

Mazkur devays Galaxy M turkumining beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi ilk vakili bo‘lishi kutilmoqda. Oldinroq sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, bu smartfon Galaxy A42 modeliga juda o‘xshash yoki uning aynan kloni bo‘ladi. Uning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan esa mana bu maqolamizda to‘liq tanishib chqish mumkin.

O‘QING: 2021 yil boshida butun jahonda eng ko‘p sotilgan o‘nta smartfon

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!