Samsung bexosdan Galaxy Watch’ning surat va jihatlarini e’lon qilib yubordi

  •   DiMaX
  •  1270
  •  24.07.2018 14:19

Samsung bexosdan Galaxy Watch’ning surat va jihatlarini e’lon qilib yubordi

Joriy yilning 9 avgustida janubiy koreyalik texnogigant o‘zining Galaxy  Note 9 fabletini namoyish etmoqchi. Shu bilan birga, mazkur taqdimotda yangi avlod – Galaxy Watch «aqlli» soati ham ommaga rasman ko‘rsatiladi.

O‘QING: Galaxy Note 9 bilan birga Samsung yana ikkita maxfiy qurilma ko‘rsatmoqchi

Samsung kompaniyasi bugun tasodifan o‘z smart-soati haqidagi ma’lumotlarni va uning suratlarini rasmiy saytiga chiqarib yubordi. Janubiy koreyalik gigantning «aqlli» soati nomi bo‘yicha hozirgacha davom etib kelayotgan ikkilanishlar shu bilan barham topdi – uni Galaxy Watch deb atashgani aniq bo‘ldi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu ma’lumot Samsung kompaniyasining AQShdagi rasmiy saytida bexosdan e’lon qilingan. Sayt ma’murlari bu xatolikni payqab qolib, tezda ma’lumotlarni o‘chirishgan, ammo shungacha saytdan olingan skrinshotlar ham yetarli...

O‘QING: Ko‘rinmas displeyli ilk «aqlli» soatlar

Xullasi kalom, Samsung Galaxy Watch ham, xuddi Apple Watch singari, ikki xil o‘lchamdagi variantlarda taqdim etiladi. Ekran diagonali 1,19 va 1,3 dyuymga teng bo‘lgan ushbu qurilmalarning korpuslari tegishlicha 38 va 42 millimetrlik kattalikka ega.

Samsung saytida ko‘rsatilgani – 42 korpusi millimetrlik, Rose Gold rangidagi versiyasi bo‘lib, u SM-R810NZDAXAR model raqami bilan belgilangan. Smart-soat akkumulyatori 500 mA/soat, 38 millimetrlik Galaxy Watch’larda esa undan kamroq tok sig‘imiga ega bo‘lishi taxmin qilinayotir.

O‘QING: Galaxy Watch «aqlli» soatining taqdimot va savdoga chiqish vaqti ma’lum bo‘ldi