Samsung eng arzon 5G-smartfonini ham sig‘imdor akkumulyator bilan ta’minlayapti!
Janubiy koreyalik texnogigantning beshinchi avlod uyali aloq tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi eng arzon smartfoni Samsung Galaxy A42 modeli bo‘ladi. U haqdagi birinchi ma’lumotlarni o‘tgan oyning oxirida e’lon qilganmiz.
O‘QING: Samsung ikkita hamyonbop va ommabop smartfoniga flagmancha funksiyalar qo‘shdi!
Xitoyning 3C regulyatori ma’lumotlar bazasida allaqachon Galaxy A42 5G modelining ayrim xususiyatlari paydo bo‘ldi. Aniqrog‘i – uning litiy-ionli batareyasi xususiyatlari e’lon qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, Samsung uni o‘zining Vetnamdagi zavodida ishlab chiqarmoqda:
Shunday qilib, Galaxy A42 batareyasi aniq aytganda 4860 mA/soatlik tok sig‘imiga ega bo‘ladi, lekin uning nominal sig‘imi 5000 mA/soat deb ko‘rsatilsa kerak.
Galaxy A42 5G joriy yilning oxirlarida yoki keyingi yil boshida bozorga chiqrilishi kutilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, hali 5G texnologiyasi yetib bormagan mamlakatlar uchun Samsung uning 4G-versiyasini ham taqdim etadi.
O‘QING: Atigi 140 dollarlik birinchi 5G-smartfonni kim tayyorlayotganini bilasizmi?