Samsung eng arzon flagmani – Galaxy S20 FE taqdimotini rasman e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  2200
  •  14.09.2020 14:58

Samsung eng arzon flagmani – Galaxy S20 FE taqdimotini rasman e’lon qildi

Keyingi paytlarda Galaxy S20 Fan Edition (Galaxy S20 FE) smartfoni haqida turli xabarlar ko‘paygan edi. Lekin u hali taqdim etilmay turib, Samsung ixlosmandlarining hafsalasini pir qilgan.

O‘QING: Arzonlashtirilgan flagman – Galaxy S20 FE ikki xil versiyada Samsung saytiga chiqdi (+rasmiy surat)

Nihoyat, ishlab chiqaruvchi Galaxy S20 FE modelining rasmiy namoyish kunini ham aytdi. Unga ko‘ra, mazkur arzonlashtirilgan flagmanni 23 sentyabr kuni keng jamoatchilikka ko‘rsatishadi.

Samsung Galaxy S20 FE old kamera uchun tirqishli tekis ekranga ega. AMOLED matritsali displeyning o‘lchami diagonaliga 6,5 dyuymga teng. U tasvirni Full HD+ formatida uzata oladi, kadr yangilnish chastotasi esa 120 gersga boradi.

Janubiy koreyaliklar Galaxy S20 FE modelini ikki xil versiyada chiqarishlari kutilmoqda. Ulardan birining «elektron yuragi» – Snapdragon 865 chipseti bo‘lsa, Samsung ikkinchisida o‘zining Exynos 990 protsessorini qo‘llayapti.

O‘QING: Jahondagi eng kuchli o‘nta flagman (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

Samsung Galaxy S20 FE bosh kamerasida ikkita 12 megapikselli va bitta 8 megapikselli datchik bo‘lishi aytilgan. Smartfonni o‘chirib-yoqish va ovozini balandlatish-pastlatish tugmachalari korpusning o‘ng qirrasida joylashgan. Pastki qirrasida USB-C porti, yuqori qirrasida esa SIM-karta uyachasi bo‘ladi.

Galaxy S20 FE akkumulyatorining tok sig‘imi 4500 mA/soatlik, u 15 vattlik tezkor quvvatlana oladi. Shuningdek, smartfon stereodinamikka ega bo‘lib, korpusi IP68 darajasida nam va changdan himoyalangan.

Mish-mishlarga qaraganda, Samsung bu smartfonini Yevropada 700 yevrodan sotmoqchi.

O‘QING: Galaxy A42 5G anboksing videosi: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni boshqalarnikidan ikki karra qimmat ekan!