Samsung flagman planshetini ham kutilganidan oldinroq chiqaradi (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1255
  •  28.07.2018 17:02

Samsung flagman planshetini ham kutilganidan oldinroq chiqaradi (+«jonli» video)

Janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy S9 flagmanlari savdosi ko‘ngildagidek ketmayotganidan xabaringiz bor. Aynan shuning uchun ham u to‘qqizinchi avlod fabletini har yilgidan avvalroq taqdim etmoqchi.

O‘QING: Galaxy S9 savdosi — bundan battari bo‘lmaydi!

Android Headlines portali xabariga ko‘ra, Samsung nafaqat planshetofonini, balki Galaxy Tab S4 planshetini ham kutilgan vaqtdan ilgariroq namoyish etishni rejalashtirgan. Lekin uni ayni shu 9 avgustdagi Galaxy Note 9 taqdimot tadbirida emas, balki undan ham avval, alohida bir tadbirda jamoatchilikka ko‘rsatishadi.

Ayni damda esa Galaxy Tab S4 planshetining suratini ko‘rishingiz mumkin:

Galaxy Tab S4 displeyning barcha tomonlarida yupqa romga ega ekanligi bilan o‘zining «ajdod»laridan farq qiladi. U doimgi «Uyga» tugmachasidan va, katta ehtimol bilan, barmoq izi skaneridan ham mahrum bo‘ladi. Buning o‘rniga unga, xuddi Samsung’ning so‘nggi flagmanlaridagi singari, ko‘z yoyi hamda qiyofa skanerlari o‘rnatilishini kutish mumkin.

O‘QING: Galaxy Tab S4 planshet tarmoqlarda paydo bo‘ldi: g‘ilofli-klaviatura va S Pen stilusi bilan

Mana, Samsung’ning Galaxy Tab S4 planshetini ilk «jonli» videoda ham tomosha qilamiz:

Janubiy koreyaliklar Galaxy Tab S4 planshetini chorshanba – 1 avgust kuni namoyish etishmoqchi. Ungacha bu gadjet haqida yangiliklar bo‘lib qolsa xabar beramiz – bizdan uzoqlashmang!

O‘QING: 2018 yilning eng zo‘r Android-plansheti bilan tanishing!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!