Samsung hamyonbop va xit smartfonini kuchaytirilgan versiyada chiqardi

  •   DiMaX
  •  1797
  •  12.10.2020 10:09

Samsung hamyonbop va xit smartfonini kuchaytirilgan versiyada chiqardi

Janubiy koreyalik yetakchi smartfonsoz shu yil mayning o‘rtasida Galaxy A21s rusumli o‘rta narxli modelini taqdim etgan edi. Biz esa ushbu smartfonning to‘liq tavsifini e’lon qilganmiz.

O‘QING: «Beli baquvvat» hamyonbop smartfon – Galaxy M31 Prime ham rasman namoyish qilindi

Samsung shu paytgacha bu smartfonini tezkor xotirasi 3, 4 va 6 gigabaytlik, doimiy xotirasi esa 32 va 64 gigabaytlik variantlarda sotib kelayotgan edi. Kompaniya endi uni yangicha konfiguratsiyada – 6/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotirali variantda ham chiqardi.

Ichki xotirasi hajmi bo‘yicha yaxshilangan Samsung Galaxy A21s birinchi bo‘lib Hindistonda, 240 AQSh dollariga teng narxda sotila boshladi. Keyinchalik uning boshqa mamlakatlar bozorlariga ham chiqishi kutilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Galaxy A21s modeli dunyo bo‘yicha ommalashgan va bu borada reytinglarga ham kirgan.

O‘QING: Nihoyat, Samsung eng arzon 5G-smartfonining barcha jihatlarini oshkor etdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!