Samsung ikki yillik smartfonlari egalari uchun xushxabar e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  2645
  •  08.06.2020 16:07

Samsung ikki yillik smartfonlari egalari uchun xushxabar e’lon qildi

2018 yilgi Samsung flagmanlari – Galaxy S9, Galaxy S9+ hamda Galaxy Note 9 modellariga One UI 2 grafik qobig‘i chiqmasligi avvalroq aytilgan edi. Keyinroq esa kompaniyaning rasmiy vakili ularga yangi grafik qobiq chiqarilishidan hali umid borligini ma’lum qilgan, so‘ng buni rasmiy Samsung forumi moderatorlari tasdiqlashgan.

O‘QING: Android 10’gacha allaqachon yangilangan smartfonlar hamda undagi o‘zgarishlar ro‘yxati – Galaxy A50 misolida

Samsung Members rasmiy forumi moderatorlaridan birining so‘zlariga qaraganda, ushbu uchta rusumdagi eski flagmanlar uchun yangi dasturiy ta’minot tayyor va mana shu oyning o‘rtasidanoq tarqatila boshlaydi! Aftidan, mazkur proshivka birinchi navbatda kompaniyaning vatani – Janubiy Koreyadagi foydalanuvchilariga taqdim etiladi, keyin esa dunyo bo‘ylab boshqa hududlardagi smartfonlar ham yangilanadi.

Aytib o‘tish kerakki, One UI 2.1 proshivkasi bilan smartfonlar bir qator zamonaviy funksiyalarga ega bo‘ladi. Bular orasida yangicha AR Emoji, suratga olishning Pro-rejimi, old kamerada 4K 60fps sifati bilan s’yomka qilish imkoniyati, tezkor fayl almashinuvchi Quick Share, shuningdek Music Share funksiyalarini, interfeysdagi yaxshilanishlarni aytib o‘tish mumkin.

O‘QING: Android 11’gacha birinchi to‘lqinda yangilanuvchi 129 ta smartfon ro‘yxati chiqdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!